Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

06:23:43 (GMT +5), payshanba, 20 fevral 2020

Muammolar va yechimlar: Tranzit yo'lovchi poyezdlarining og'riqli nuqtasi

"KUN.UZ" elektron yangiliklar sayti jurnalistlari tomonidan Qozog'iston Respublikasi orqali tranzit hududini kesib o'tishda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ poyezdlarining yo'lovchilari uchragan dolzarb masala ko'tarildi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ ushbu masala bo'yicha ikki mamlakat hukumatlararo komissiyalarining ikki tomonlama uchrashuvlarida bir necha bor ko'targan. Shartnomalarga muvofiq ushbu masalani o'rganish maqsadida O'zbekiston tashabbusi bilan O'zbekiston va Qozog'iston Respublikalari vazirliklari va idoralari vakolatli mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi tashkil etildi. Tomonlarning kelishuviga ko'ra, 2020 yil yanvar oyining uchinchi o'n kunligida mazkur ishchi guruh Qozog'istondagi temiry'olchi hamkasblari va tegishli bo'linmalari bilan qo'shni davlat nazorat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari bilan bog'liq  o'rganish va qarorlar qabul qilish uchun uchrashuv rejalashtirilgan.

Hurmatli yo'lovchilar! Eslatib o'tamiz, sizga nisbatan qilingan ta'magirlik holatlaida yoki noqonuniy xatti-harakatlar bilan bog'liq har qanday vaziyat yuzaga kelganda, +998-71-299-94-50 ishonch telefoni orqali xabar qilishingizni so'raymiz. Bundan tashqari, Telegram messenjerida @pastrans havolasida murojaat yoki shikoyatingizni yozishingiz mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish