Vatan ximoyasi – muqaddas burch!

Toshkent temir yo'l muhandislari institutida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Mirobod tumanida joylashgan harbiy qism va harbiylashgan bo'linmalar “Marsh” musiqasi ostida institut old maydoniga kirib keldilar. Marosim “O'zbekiston Respublikasining Madhiyasi” bilan boshlanadi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tadbir tashkilotchilari O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining mudofaa qudratini mustahkamlashga ko'maklashish, yoshlar va fuqarolarni mehnatga hamda Vatanni himoya qilishga tayyorlash, yosh avlod va fuqarolar o'rtasida Vatanni himoya qilish haqidagi g'oyalarni targ'ib etish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarida ko'maklashish, fuqarolar va voyaga yetmagan yoshlar o'rtasida sportning texnik va amaliy turlarini targ'ib qilish va ommaviyligini oshirish, turli darajadagi sport  musobaqalarini o'tkazishga e'tibor qaratildi. 

Tadbirda so'zga chiqqanlar yig'ilganlarga Prezidentimiz, O'zbekiston Respublikasi Qurolli  Kuchlari Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoev rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil  islohotlar milliy armiyamizning jangovar tayyorgarligi va harbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilayotganligi, zamonaviy harbiy texnika va texnologiyalarning joriy etilayotganligi, O'zbekiston mudofaa tizimidagi islohotlar, ularning asosiy vazifalari, o'rni va roli haqida tushuntirishlar berdi.

Tadbirda O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Mirobod tumani kengashi taassarufidagi avtotransport texnikalarining namoyishi, sportning texnik va amaliy turlaridan avto va motosport, karting, raketalarni modellashtirish, aviamodellashtirish turlari bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar va ko'rgazmalar tashkil etildi, sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari va harbiy jang san'ati chiqishlari havola qilindi. Shuningdek, yig'ilganlarga xarbiy dala-oshxona tayyorlangan taomlar tarqatildi.

Axborot-tahliily media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI