“Termiz” lokomotiv deposiga innovasion loyihalar va qulay imkoniyatlar tadbiq etildi

Mamlakatimizda so'nggi uch yil mobaynida eng chekka hududlarida faoliyat olib borayotgan ishlab chiqarish korxonalarining yil sayin rivojlanib,  yangilarining bunyod etilayotgani va buning natijasida aholini ish bilan ta'minlanayotgani ularni turmush darajasining yaxshilanishiga sabab bo'lmoqda. Birgina, “Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli” unitar korxonasiga qarashli “Termiz” lokomotiv deposida o'tgan 2019 yil davomida amalga oshirilgan yangilanishlar, sifatli ta'mirlash jarayoni hamda keng ko'lamdagi innovatsion loyihalar bu boradagi fikrlarimizning yaqqol isboti hisoblanadi.

Ayni kunda depoda lokomotivlarni va teplovozlarni  ta'mirlash ishlari hamda yangi ob'ektlarini qurish ishlari qizg'in va sifatli olib borilmoqda. Shuningdek, deponing TO-3 hajmdagi texnik xizmat ko'rsatish va TR-1 elektrovozlarini joriy ta'mirlash sexi qaytadan barpo etilib, ishga tushirilishi ishlar ko'lamini kengaytiribgina qolmay,  sifatli ta'mirlash jarayonini ham bevosita, jadallashtirdi. Jumladan, sex va bir qancha ishlab chiqarish ob'ektlariga yangi 9 dona sinov stenti, 6 dona mashina uskunalari, buzilmasidan sinov orqali qism nazoratini aniqlash borasida 2 dona kamaytirgich, 1 dona quritish pechkasi, tortish elektro dvigatellari va yordamchi elektr mashinalarini quritishga mo'ljallangan va 3 dona turli maqsadlar uchun uskunalar olib kelib o'rnatilishi esa depoda qo'l mehnatini yengillashtirishga  va  mustahkam ta'mirlash jarayonining tezlashishiga olib keldi.

Jamoaning mehnati va izlanuvchanligi evaziga joriy yilning oktyabr oyida yangi innovatsion g'oya asosida “Nagnetatel-2” uskunasi joriy etildi. Mazkur uskuna teplovoz va lokomotivlarni 41 daqiqa ichida ehtiyot qismlarining ichki ishlash tizimini nazoratdan o'tkazishi barobarida uni to'laligicha moy bilan ta'minlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, jamoa tomonidan eski agregatlarni sifatli ta'mirlangandan so'ng uning elektron ko'rsatkichlarini ko'rsatuvchi hamda lokomotivlarning asenxroni va matorchiklarini tekshiruv stentlarining ham joriy etilishi ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirdi. Yana shunday ishchi-xodimlar tomonidan ko'zga ko'rinarli amalga oshirilgan ishlardan biri bu – Elektr uskunalari sexida elektr qurilmalarini va lokomotivlarni saqlagichlarini hamda tayyorlov sexida esa 2-stupen nagnetatelini sinovdan o'tkazish stentlari, shuningdek, teplovozlarning yaroqsiz akkumulyator batareyalarini qayta yig'ib, yaroqli holga keltirish va qayta foydalanish ishlari samarali yo'lga qo'yildi. 

Depoda ishchi-xodimlariga mehnat sharoitlari bilan bir qatorda ishdan so'ng mirqib dam olib, xordiq chiqarishlari va o'z salomatligini tiklash borasida ham yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Jumladan,  yigirma ikki o'ringa mo'ljallangan lokomotiv brigadalari dam olish uyi, zamonaviy texnik mashg'ulot o'tish xonasi, TEM-2 teplovozlarini ta'mirlash jarayonida ishchilarga yanada qulaylik yaratish va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida esa maxsus ko'tarma maydoncha, lokomotivlarga ishlatiladigan texnik moy va suvlarning tarkibini tekshirib beruvchi tahlilxona va eng ahamiyatlisi, 2019 yilning oktyabr oyida, temiryo'lchilar hamda mashinist va mashinist yordamchilariga oilaviy yoki ish jarayonida uchraydigan tushkunlik holatlaridan chiqib ketishlarida ko'mak beruvchi ruhshunos xonalarini ham tashkil etilib, foydalanishga topshirilganidir.

Mazkur yangidan tashkil etilgan ruhshunos xonasida mashinist va mashinist yordamchilarini yo'lga chiqib ketishdan avval, nazoratdan o'tkazilishi natijasida aniqlangan tushkunlik, qo'rquv, hadiksirash, his-hayajonga berilish kabi holatlardan chiqib ketishlariga ko'maklashilmoqda. Bunda bevosita, psixoterapiyaning bir qancha turlari ya'ni videoterapiya, audioterapiya, fototerapiya asosida ruhiy va jismoniy charchoqlarini yengib o'tishda xizmat qilayapti. Bu orqali yuqori natijalarga erishilishi barobarida har bir ishchi-xodimlarni yiliga bir marotoba ruhshinos ko'rigidan o'tkazishga va ularning xohish-irodasiga ko'ra ma'lum bir muddatda muolajalar ham o'tkazilmoqda. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI