Andijon - Toshkent yo'nalishidagi yo'lovchi poyezd harakatini davom ettirmoqda
2020 yil 2 yanvar kuni soat 16:15 da Andijon - Toshkent yo'nalishida harakatlanayotgan №59-yo'lovchi poyezdi, tashqi elektr tarmog'ida energiya bo'lmay qolganligi bois, Asaka stantsiyasi yaqinida to'xtab qoldi. Ko'rilgan chora tadbirlar natijasida soat 17:25 da mazkur poyezd harakati yo'lga qo'yildi.
Yuzaga kelgan bunday noqulaylik uchun “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma'muriyati yo'lovchilardan uzr so'raydi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI