"O'zbekiston temir yo'llari" AJning ko'ngilochar va istirohat bog'larida yangi yil bayrami shukuhi kezmoqda

Poytaxtimiz bo'ylab yangi yil bayram dasturlari boshlandi. "Anhor-Lokomotiv" ko'ngilochar va istirohat hamda "Navro'z" bog’lari ma'muriyati ham o'z mehmonlariga keng ko'lamdagi turli xil ko'ngilochar dasturlarni taqdim etmoqda. 


Joriy yil 28-dekabrdan 2020-yil 10-yanvargacha tashrif buyuruvchilar bayramona tomosha va musiqali konsert namoyishlaridan, yangi yil yarmarkasi va sayyohlik mavzuidagi – "Gastro bozori" kabi ko’ngilochar tadbirlardan baxramand bo’lishadi. Bundan tashqari, barcha yoshdagi mehmonlar uchun turli sport o'yinlari hamda sirk tomoshalari ham tashkil etiladi. Poytaxtimiz teatrlari tomonidan tayyorlangan «Yangi yil mo'jizalari», «Yangi yil xazinalari» va «Qarsildoq» sahna ko'rinishlari namoyon etiladi. Yangi yil diskotekasi esa kunlik kechki musiqiy dasturidan o'rin o'ladi.

Va albatta, barchaning diqqat markazida shubhasiz yangi yil archasi bo'ladi va bu yil uning atrofidagi manzara o'zgacha bezatilgan. Uning tepasi har tomondan gumbaz shaklidagi bejirim chiroqlar bilan bezatilgan. Katta maydonni yoritib turadigan millionlab rangli chiroqlar nafaqat inson ko'zini quvontiradi, balki tashrif buyirgan mehmonlarga ajoyib kayfiyat ham ulashadi. 



Shuni ta'kidlash kerakki, shu kunlarda poytaxt metropolitenining yo'lovchilarini ham yoqimli sovg’a  kutmoqda, bu esa poytaxt aholisi va mehmonlariga yangi yil kayfiyatini yaratishda muhim ro’l o'ynaydi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI