Oliy o'quv yurt talabalari va kasb-hunar kollej o'quvchilari diqqatiga!

Har yili ikki haftalik qishki ta'til vaqtida temir yo'l chiptalarni sotib olishga beriladigan chegirmalar haqida batafsil ma'lumot berish borasida murojaatlarni inobatga olgan holda quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Xabaringiz bor, joriy yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovlar o'tkaziladi. Shu munosabat bilan 2019-yil 16-22 dekabr kunlari va 2019-yil 28-dekabrdan 2020-yil 6-yanvarga qadar oliy o'quv yurtlari talabalari va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun temir yo'l chiptalarni sotib olish uchun 50% chegirma taqdim etiladi (Faqat ichki yo'nalishdagi poyezdlariga. Yuqori harakatlanuvchi "Afrosiyob" poyezdi bundan mustasno).

"Oztemiryo'lyo'lovchi" AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI