Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

18:50:38 (GMT +5), chorshanba, 20 noyabr 2019

MDHga a'zo davlatlarning temir yo'l transporti bo'yicha Kengashining 71-yig'ilishi o'z ishini yakunladi

Minsk shahrida Hamdo'stlikka a'zo davlatlarning temir yo'l transporti bo'yicha Kengashining ikki kunlik yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda tashkilot a'zolari – Rossiya, O'zbekiston, Belarus, Qozog'iston, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlari, shuningdek Kengashning assotsiatsiyalangan a'zolari-Gruziya, Latviya va Finlyandiya temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlari, Litva, Estoniya, Eron temir yo'llari rahbarlari ishtirok etdi. Ta’kidlash joiz, yig'ilishda ilk bor Turkiya va Mo'g'uliston temir yo'llari rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda keng ko'lamli masalalar, shu jumladan, temir yo'llarning Birlashgan tarmog'i ekspluatatsiya ishlari, yuk va yo'lovchi tashish natijalari sanab o'tildi. Kengash a'zolari temir yo'llarning tarif siyosati, 2019-2020 yillarga mo'ljallangan xalqaro qatnovlarda harakat  jadval va poezdlarni shakllantirish rejasini ishlab chiqish yakunlari, Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (НИОКР)ning qo'shma rejasini muhokama qildilar. Bundan tashqari, Eron Islom Respublikasi temir yo'l ma'muriyatiga Kengashning assotsiatsiyalangan a'zosi maqomini berish va keyinchalik Kengash doirasidagi amaldagi barcha tegishli majburiyatlarni bajarganidan keyin shartnomalar, bitimlar va boshqa birgalikdagi ishlarning boshqa mexanizmlariga qo'shilish borasida qaror qabul qilindi. 

MDHga a'zo davlatlarning temir yo'l transporti bo'yicha Kengashining 71-yig'ilishining bayonnomasi imzolandi. Hamdo'stlikka a'zo davlatlarning temir yo'l transporti bo'yicha Kengashining navbatdagi yig'ilishi 2020 yil may oyida Dushanbe shahrida bo'lib o'tishi belgilandi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish