O‘tkaziladigan tadbirlar rejasi

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Kengashi yig'ilishining
2023 yil "21" oktyabrdagi 161-sonli
№2 ilova

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvining
2024-yilga ish rejasi

(Yanvar-fevral)

1.“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2023 yilda faoliyati natijalari va 2024 yilning birinchi yarimida bajariladigan ishlar to‘g‘risida. 

2.2023-yilda poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash borasida bajarilgan ishlar va 2024 yilda xavfsizlik qoidalarini buzilish xolatlarni oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.

3.Sohada raqobat muhitini yaratish boʻyicha islohotlar doirasida 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024 yilda bajariladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida.

4.Mehnat xavfsizligi va mehnat muhofazasi 2023-yildagi holati va 2024 yilda bajarilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida.

5.2024 yilda koʻrsatiladigan xizmatlar va sanoat mahsulotlariga va xizmatlariga buyurtmalar portfelini shakllantirish natijalari toʻgʻrisida.

(Aprel)

1.“Oʻzbekiston temir yullari” AJ 2024 yil I choragida ish natijalari va yilning II choragida bajariladigan vazifalar toʻgʻrisida.

2.Kadrlarni tanlash, yangi kadrlar tayyorlash ularni lavozimlarga tayinlash, ishchilarni xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash toʻgʻrisida.

3.Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlash sohasida 2024 yilning I choragida bajarilgan ishlar va yil davomida amalga oshirish loyihalari toʻgʻrisida.

4.Sohaga yuqori texnologiyalar zamonaviy axborot- kommunikatsiyalar tizimlarini joriy etish ishlari yakunlari toʻgʻrisida.

(Iyul)

1.“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2024-yil I yarmida ish yakunlari va III chorakda va joriy yilning 9 oyda bajariladigan vazifalar toʻgʻrisida.

2.2024 yilning I yarmida investitsiya dasturida koʻzda tutilgan loyihalarini amalga oshirish va yil davomida bajariladigan ishlar toʻgʻrisida.

3.Sohani 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida.

4.Sohada raqobat muxitini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida bajarilgan ishlar toʻgʻrisida.

(Oktyabr)

1.“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2024-yilning 9 oyida ish yakunlari va joriy yilning IV choragida bajariladigan vazifalar toʻgʻrisida.

2.Sohani 2024-2025-yillar kuz qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlarni amalga oshirish natijalari toʻgʻrisida.

3.Temir yoʻllarda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlash xamda yuqori texnologiyalar zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar tizimlarini joriy loyihalarni amalga oshirish ishlari yakunlari toʻgʻrisida.

4.Mahsulotlarni ishlab chiqarishni maxalliylashtirish xajmini va nomenklaturaini kengaytirish xamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.

5.“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2025-yilga biznes-rejasi toʻgʻrisida.

6.“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi 2025-yil ish rejasi toʻgʻrisida.

MTU va korxonalarida ijro intizomi holati toʻgʻrisidagi masalasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ yilning choraklarida ish faoliyati masalasi bilan birgalivda koʻrib chiqiladi.
Zaruriyat boʻlganda jamiyat boshqaruvining majlisi kun tartibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarini bajarish toʻgʻrisidagi masalalar kiritish mumkin.
Qolgan jamiyat boshqaruvi vakolatiga kiritilgan masalalar navbatsiz oʻtkaziladigan majlislarda Jamiyat boshqaruvi raisi yoki uning oʻrinbosarlari topshiriqlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Jamiyat boshqaruvi majlislariga kiritilgan masalalar boʻyicha axborot va hujjatlar majlis kunidan 10 kun ilgari taqdim etiladi.