“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Boshqaruvi raisi X.N. Xasilovning Jamiyat xodimlariga murojaati

Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Boshqaruvi raisi X.N. Xasilovning 

Jamiyat xodimlariga murojaati

Korrupsiya millatning, davlat va jamiyatning taraqqiyotiga tahdid ekanligi barchamizga ayon.

Shu sababdan, hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan.

Buni oxirgi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan izchil islohotlar misolida koʻrishimiz mumkin.

Prezidentning 29.06.2020-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–6013-son Farmoniga asosan, 2020-2021-yillarda barcha davlat
va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ustav kapitlida davlat ulushi boʻlgan korxonalar, shu jumladan banklarda korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy nazorati tizimini bosqichma-bosqich joriy etish vazifasi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida, Jamiyatning
26.10.2020-yildagi 718–N-sonli buyrugʻi bilan “Komplayens-nazorat boshqarmasi” tashkil etilib, faoliyati yoʻlga qoʻyilgan va ushbu sohaga oid Jamiyatning ichki nazorat hujjatlari qabul qilindi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, korrupsiyaga qarshi Jamiyat ichkarisidan turib kurashish, salbiy oqibatlarga olib keluvchi holatlarni oldindan bartaraf etilishini taʼminlash va bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik hamda “Kasalni davolashdan koʻra oldini olgan maʼqul” tamoyilini amaliyotga joriy etish.

Hurmatli hamkasabalar!

Korrupsiyaning oldini olish uchun faqat huquqiy choralar bilangina kurashib boʻlmaydi, buning uchun Jamiyatimizning barcha rahbar va ishchi xodimlarining ongida korrupsiyaga qarshi toqatsizlik munosabatini shakllantirish, bu borada sogʻlom fikrlashni oʻrgatishimiz zarur.

Shu bilan birga, Jamiyatning barcha masʼul xodimlari oʻz faoliyatida:

- Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun va qonunosti hujjatlari hamda Jamiyatning ichki hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishini;

- xaridlarni rejalashtirish va amalga oshirish jarayonining qonuniyligi, shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish choralari koʻrilishini;

- rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarga bilimli, halol, vijdonli, qonunga itoatkor xodimlar tanlab olinishini taʼminlashlari lozim.

Yuqoridagilarga koʻra, Sizdan, Jamiyatning barcha xodimlarini korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishda faol ishtirok etishga chaqiraman va Jamiyat faoliyatida korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga duch kelsangiz, zoʻdlik bilan bu haqida Jamiyat rahbariyatiga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

“Oʻzbeksiton temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

 X.N. Xasilov