Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplayens boshqarmasi xodimlari uchun onlayn trening o'tkazildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplayens boshqarmasi masʼul xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tomonidan tashkil etilgan “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining samaradorligini oshirish: “e-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash masalalari” mavzusida onlayn seminar-treningda ishtirok etdilar.

Seminarda 470 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Bundan tashqari, xorijiy ekspert sifatida "Ichki nazorat tuzilmalari samaradorligini oshirishda “e-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish va xavf-xatarlarni aniqlash, baholashda Sloveniya tajribasi” mavzusidagi taqdimoti bilan “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti eksperti Goran Klimentich o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, trening davomida ma'lumotlarni kiritish va "e-anticor.uz" platformasi bilan ishlash masalalari, tashkilotlarda korrupsiya xavfi va ularni aniqlash samaradorligini oshirish yo'llari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida savollarga batafsil javoblar berildi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni takomillashtirish bo'yicha takliflar muhokama qilindi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
1

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI