"O'zbekiston temir yo'llari" AJ va Ispaniyaning "Patentes Talgo" S.L.U kompaniyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun, 2024 yil 18-aprel kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati bilan Ispaniyaning "Patentes Talgo" S.L.U kompaniyasi rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi, unda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari X.Raxmetov va "Patentes Talgo" S.L.U kompaniyasining filiallariga texnik xizmat ko'rsatish direktori A.Marilyev rahbarligida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni yaxshilash, uzluksiz harakatlanishni ta'minlash, xususan, elektr poyezdlariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bilan bog'liq xizmatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan asosiy masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, muzokaralar doirasida qo'shma loyihalar bilan bog'liq kelajak uchun istiqbolli rejalar ko'rib chiqildi. Ikkala tomon ham uzoq muddatli hamkorlik va mamlakatimiz temir yo'l transporti infratuzilmasini rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI