Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

15:55:05 (GMT +5), dushanba, 21 oktabr 2019

E'lonlar

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati 

Korxonalar va tarkibiy bo'linmalarning moliya-xo'jalik faoliyati menejment konsaltingi xizmatini ko'rsatuvchi tashkilotni aniqlash uchun tanlov e'lon qiladi. 


Konsalting xizmati tarkibiga quyidagilar kiradi:

a.  Korxonalar va tarkibiy bo'linmalar faoliyatining o'ziga xosligi (spesifika)ni o'rganish hamda Tarmoq kelishivuni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
b.  Davlat organlariga Tarmoq kelishuvidagi hisob-kitob va soliqqa tortish masalalari yuzasidan murojaat tayyorlash, lozim bo'lsa vakil sifatida qatnashish;
v.  Tarmoq kelishivu normalaridagi soliqqa tortish va xujjat aylanishi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
g.  Tarmoq kelishuviga kiritilgan o'zgartirishlar va qo'shimchalarni korxonalar va tarkibiy bo'linmalarda tadbiq etish;
d.  O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi o'zgarishi hollarida Tarmoq kelishuviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib turish.

Konsalting xizmati 34 ta korxona va mustaqil tarkibiy bo'linmalarga, shu jumladan tuzilmaga kiruvchi 52 ta bo'linmalarga ko'rsatilishi ko'zda tutiladi.

Konsalting tashkilotlariga qo'yilgan talablar:

1.  Soliq solish bo'yicha konsalting sohasida 10 yildan kam bo'lmagan muddatda faoliyat yuritganligi;
2.  Tarmoq  normativ-huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarni ishlab chiqish tajribasiga ega bo'lishi;
3.  “O'zbekiston temir yo'llari” AJ bilan ish tajribasiga ega bo'lishi va tarmoqning o'ziga xos xususiyatlari hamda tuzilmasidan xabardor bo'lishi.
Takliflar quyidagi xujjatlar bilan qabul qilinadi:

• tashkilot ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlovchi xujjailar nus'hasi;
• tashkilot rahbarlari va ularning malakalari to'g'risida ma'lumot;
• tanlov ishtirokchisi to'g'risida umumiy ma'lumot va tashkilot faoliyatini tavsiflovchi boshqa ma'lumotlar;
• ishlab chiqilgan tarmoq normativ-huquqiy xujjatlar va lokal xujjatlar to'g'risida ma'lumot;
• davlat dasturlarida ishtiroki to'g'risida ma'lumot;
• tijorat taklifi narxi;
• xizmat shartlari va muddatlari.
 Takliflar 2018 yil 15 iyundan kech bo'lmagan muddatgacha quyidagi manzil orqali qabul qilinadi:

100060,Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi, 7
Ma'lumot uchun telefonlar: 237 – 96 – 19, 237 – 91 – 33
E-mail: nfz@uzrailway.uz

Moliya boshqarmasi
01.06.2018 yil №НФБ1/131 

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


Auditorlik tashkilotlari diqqatiga!

      “O'zbekiston temir yullari” aktsiyadorlik jamiyati Milliy va xalqaro audit standartlar asosida 2018 yil yakuni bo'yicha tashqi auditorlik tekshiruvi o'tkazish uchun tanlov e'lon qilmoqda. Auditorlik tekshiruvi bosh bo'lim va 110 ta xududiy bo'linmalarda o'tkaziladi.

Auditorlik tashkilotlariga qo'yilgan talablar:

1.      O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida hamda Davlat raqobat qo'mitasida tashqi

auditni o'tkazadigan auditorlik tashkilotlar ro'yxatiga kirgan bo'lishi;

2.      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan  auditorlik tashkilotlari to'g'risida Nizom qoidalariga muvofiq bo'lishi;

3.      Yirik korxonalar bilan ishlash tajribasi.

       Takliflar 2018 yil 20 iyundan kech bo'lmagan muddatgacha quyidagi manzil orqali qabul qilinadi:

100060,Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi,7 

Ma'lumot uchun telefonlar: 237 – 96 -19 , 237-91-33

E-mail: nfz@uzrailway.uz, nfb102@yandex.ru

Moliya boshqarmasi

№НФБ1/125 от 30.05.2018г.

 

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Auditorlik tashkilotlari diqqatiga!

 “O'zbekiston temir yullari” aktsiyadorlik jamiyati Milliy va xalqaro audit standartlar asosida 2018 yil yakuni bo'yicha tashqi auditorlik tekshiruvi o'tkazish uchun tanlov e'lon qilmoqda. Auditorlik tekshiruvi bosh bo'lim va 110 ta xududiy bo'linmalarda o'tkaziladi.

Auditorlik tashkilotlariga qo'yilgan talablar:

1.      O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida hamda Davlat raqobat qo'mitasida tashqi auditni o'tkazadigan auditorlik tashkilotlar ro'yxatiga kirgan bo'lishi;

2.      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan  auditorlik tashkilotlari to'g'risida Nizom qoidalariga muvofiq bo'lishi;

3.      Yirik korxonalar bilan ishlash tajribasi.

 Takliflar 2018 yil 31 maydan kech bo'lmagan muddatgacha quyidagi manzil orqali qabul

qilinadi:

100060,Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi,7 

Ma'lumot uchun telefonlar: 237 – 96 -19 , 237-91-33

E-mail: nfz@uzrailway.uz, mirzaevas@gmail.com

Moliya boshqarmasi

-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

«COMPLY OR EXPLAIN» 

(«RIOYА QIL YОKI TUSHUNTIR») XALQARO TAMOYILI BO‘YICHA AXBOROT

Korporativ boshqaruv tizimini baholash bo'yicha RFB "Toshkent" AJ mustaqil baholovchi tashkilotining xulosasiga ko'ra,  "O'zbekiston temir yo'llari" AJning 2016 yil yakunlari bo'yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash 480 ballni tashkil etdi va  bu baholash foizlar miqdori bo'yicha 40% ni tashkil etdi. “Сomply or explain” xalqaro tamoyiliga asosan (rioya qil yoki tushuntir).

O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ shuni ma’lum qiladiki, Kodeksga muvofiq jamiyat faoliyatida korporativ qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan va kuzatuv kengashiga hisobot beruvchi korporativ maslahatchi lavozimini joriy etish vazifasi yuklatilgan korporativ maslahatchi lavozimining majburiyatlari aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasiga yuklatilgan.

Korporativ boshqaruv kodeksining 19-bandiga asosan jamiyatning kuzatuv kengashiga mustaqil a’zo tayinlanmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 iyundagi PQ-424 sonli qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari belgilangan.

Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi 

04.04.2018y. 

-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati 

KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI BAHOLASH BO`YICHA XULOSA

Korporativ boshqaruv tizimini baholash bo'yicha RFB "Toshkent" AJ mustaqil baholovchi tashkilotining xulosasiga ko'ra,  "O'zbekiston temir yo'llari" AJning 2016 yil yakunlari bo'yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash 480 ballni tashkil etdi va  bu baholash foizlar miqdori bo'yicha 40% ni tashkil etdi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJning 2016 yil bo'yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash bo'yicha RFB "Toshkent" AJ mustaqil baholovchi tashkilotining xulosasini yuklash.  


Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi

№01/ggg 13.03.2018y.


-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

KORPORATIV BOSHQARUV KODEKSI TAVSIYALARINI QABUL QILGANLIGI TO‘G‘RISIDA


“O`zbekiston temir yo`llari” AJ shuni ma’lum qiladiki, yagona aksiyadorning 2016 yil “30” sentyabrdagi qarori bilan jamiyat tomonidan 2016 yil “03” oktyabrdan boshlab, Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining 2015 yil “31” dekabrdagi 9-bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.

Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi

03.10.2016 yil