Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

19:48:56 (GMT +5), chorshanba, 20 noyabr 2019

TANLOV BO’YICHA E’LON

TANLOV BO’YICHA E’LON

“O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati quyidagi mahsulot uchun eng yaxshi takliflar tanlovini qayta e’lon qiladi.

Mahsulot nomi O’lchov birligi Soni
1 G’ildiraklar 957x175 mm po’lat navi 2, GOST 10791-2011 dona 14 800

Tanlov xujjatlari va tijorat takliflari uchun mo’ljallangan xujjatlar bilan konvertlar rasmiy pochta xizmati orqali yoki tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan, ishonchnoma bilan tasdiqlangan, tanlovda ishtirok etish uchun ariza beruvchining vakili tomonidan etkazilishi kerak.

Ariza beruvchi 2019 yil 20 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da e’lon qilingan vaqt ichida tanlov komissiyasining ishchi organiga saralash uchun xujjatlar to’plami va tijorat takliflar bilan O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100060, T.Shevchenko ko’chasi, 7-uy. Telefon: +(998 71) 237-94-28, +(998 71) 237-84-84 murojaat qilishi lozim. Barcha tijorat takliflari tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak.

Taklif etilgan tijorat takliflarining amal qilish muddati, tanlov takliflari qabul qilingan kundan boshlab kamida 3 (uch) oy bo’lishi kerak.

Texnik talablar biriktirilgan texnik topshiriq shartlariga muvofiq bo’lishi kerak.

Tanlov xujjatlarining aniqligi va so’rovni taqdim etish shakli to’g’risida batafsil ma’lumot olish uchun “O’zbekiston temir yo’llari” AJ “Temiryo’lyonilg’ita’min” boshqarmasi mutaxassisiga quyidagi manzil bo’yicha murojaat etishingiz mumkin: +(99871) 237-94-28, +(998 71) 237-84-84 Pankratova O.V. yoki konkurs@railway.uz. Tanlov haqida batafsil ma’lumot “O’zbekiston temir yo’llari” AJ rasmiy saytida e’lon qilinadi.

  • nashr uchun ko’rinish