Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

16:14:27 (GMT +5), chorshanba, 23 oktabr 2019

"Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi" investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida loyihaning bank texnik-iqtisodiy asoslanishining "Ekologiya va ijtimoiy soha" bo'limini ishlab chiqish xizmatlarini xarid qilish uchun Tanlov

“O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” loyihasini ishlab chiqish doirasida loyihaning Bank texnik-iqtisodiy asoslanishinining “Ekologiya va ijtimoiy soha” bo’limini ishlab chiqish uchun konsalting xizmatlarini ko’rsatuvchi firmani tanlab olish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkillashtirish to’g’risida”gi PQ-3473-sonli 2018-yil 12-yanvardagi Qarori ushbu loyihani amalga oshirilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Tanlov bo’yicha takliflar 2019-yil 16-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov takliflarining boshlang’ich bahosi 450 000 000 so’mni tashkil etadi.
Ko’rsatiladigan xizmatlarning bajarish muddati 2019-yilning 25-dekabrgacha, shartnoma kuchga kirganidan keyin 3 oy muddatdan oshmagan holda bo’lishi lozim.
Ushbu tanlov jarayonida faqat quyidagi malaka talablariga javob beradigan mahalliy va xorijiy konsalting firmalari ishtirokchi sifatida qatnashishlari mumkin:
-     O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tanishish, shu jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik bilan tanishish;
-     ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlarining umumiy ish sharoitlari bilan tanishish;
-     so’nggi 3 yil ichida O’zbekiston Respublikasida, jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasida kamida uchta shunga o’xshash tog’-kon va sanoat tarmoqlaridagi loyiha bo’yicha atrof-muhitga ta`sirini va ijtimoiy sohani baholash (AMTBI) hisobotini tayyorlagan bo’lishi kerak;
-     loyihalarni moliyalashtirish jarayoni hamda atrof-muhit va ijtimoiy majburiyatlarning xalqaro talablarini bilish;
-     Xalqaro moliya korporatsiyalari (XMK) bilan kamida uchta loyihani amalga oshirgan bo’lishi;
-     o’z faoliyat sohasida kamida 5 yillik tegishli tajribaga ega malakali mutaxassisning mavjudligi;
-     ishlarni bajarish uchun yuqori malakali mutaxassis xodimlarni jalb qilish (asosiy xodimlarning rezyumelari tijorat taklifiga kiritilishi kerak);
-     tegishli ishlarni bajarish uchun davlat litsenziyasiga ega bo’lish;
-     qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik maqomida bo’lmaslik.
Qiziqish bildirgan ishtirokchilar tanlov hujjatini 2019-yil 3-oktyabrdan 15-oktyabrgacha bo’lgan muddatda mahalliy vaqt bilan soat 09:00 dan 17:00 gacha quyidagi manzil bo’yicha olishlari mumkin. Talabga binoan, tanlov hujjati elektron pochta orqali qiziqish bildirgan ishtirokchining manziliga yuboriladi. Kechikib topshirilgan takliflar rad etiladi. Ishtirokchilarning takliflari 2019-yil 16-oktyabr kuni soat 15:00 da tashrif buyurish istagini bildirgan tanlov ishtirokchilari vakillari ishtirokida ochiladi hamda ushbu jarayon quyidagi manzilda o’tkaziladi. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ, tanlov qatnashchilari tomonidan takliflarni tayyorlash yoki yetkazib berish bilan bog’liq har qanday xarajatlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
Manzil:

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Amir Temur ko’chasi, 4-uy, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Rustamov B.Z. – Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi direksiyasi boshlig’i.
Faks:+998(71)2364899
Tel:+998(71)2364980
E-mail:tgmk@uzrailway.uz, tgmk24@mail.ru

Yuklash uchun hujjatlar

  • nashr uchun ko’rinish