Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

00:35:51 (GMT +5), juma, 22 iyun 2018

Restoran-vagonimizga marhamat!

Har bir inson safarga, sayohattga otlanar ekan o'zi uchun qulay bo'lgan transport turini tanlaydi. Undagi servis xizmatlari, yo'lovchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratadi. Xususan, o'ziga ma'qul joylarni tanlaydi, yo'l davomida tanovil qilinadigan ovqatlar menyusi bilan tanishadi, hordiq chiqarish uchun yaratilgan qulayliklarni ko'zdan kechiradi. Hozirgi zamon talabi ham aynan shuni taqozo etadi.  

Buni yaxshi anglagan “O'ztemiryo'lyo'lovchi” aktsiyadorlik jamiyati ham jahon andozasiga mos xizmatlarni mamlakat temir yo'l tizimiga tadbiq etib kelmoqda. Jumladan, elektron biletlar joriy qilindi, mahalliy va halqaro yo'nalishalarda bir qator chegirmalar berilmoqda, vagonlar shinam va zamon talablari darajasida qayta jihozlanmoqda, yo'lovchilarning  ovqatlanishi uchun zamonaviy umumiy ovqatlanish maskanlari faoliyat ko'rsatyapti. 


O'zbekiston temir yo'l tizimida yo'lovchilar uchun restoran-vagon, kupe-bufet, bistro-vagonlar joriy etilgan. Hozirgi kunda maxalliy 4 ta yo'nalishda restoran-vagonlari,  3 ta yo'nalishlarda esa bistro-vagonlari va kupe-bufet faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Ushbu umumiy ovqatlanish maskanlarida “Temiryo'lyo'lovchi servis” mas'uliyati cheklangan jamiyatining ishchi-xodimlari yurtimiz axolisi va chet ellik mexmonlarga yo'l davomida issiq yarim tayyor va turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash orqali xizmat ko'rsatib kelishmoqda. Bu ishga korxona tomonidan tajribali, o'z ishining ustalari jalb etilgan.

Vagon-restoranlariga kirishingiz bilan u yerdagi o'ziga xos yaratilgan sharoitlar dilingizni ravshan qiladi. Zamonaviy vagon-restoranlarida nafaqat yo'lovchilar uchun balki, ishchi-xodimlarga ham ko'plab qulayliklar yaratilgan. Xususan, ovqat pishirish jarayoni to'liq elektrlashtirildi, bugungi kun talabiga javob beruvchi jihozlar bilan ta'minlangan. Har bir stolga oppoq dasturxonlar yozilgan bo'lib, o'zgacha did bilan bezatilgan. Ma'lumki, uzoq masofaga harakatlanuvchi poezdlarda restoran faoliyat ko'rsatadi. Restoran-vagon shinam va yorug' bo'lib, yo'lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yerda yo'lovchilar uchun salqin ichimliklar, shirinliklar, tansiq taomlar muxayyo etilgan. Yana bir qulaylik, tajribali oshpazlar yo'lovchilar buyurtmasiga ko'ra maxsus ovqatlar ham tayyorlab berishadi. Xalqaro yo'nalishda harakatlanuvchi poezdlarda esa 200 nafar yo'lovchilarning yo'l chiptalariga imtiyozli uch maxal ovqatlanish narxi kiritilgan.


Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdida bistro-vagon mavjud bo'lib, bu yerda tayyor oziq-ovqat mahsulotlari yo'lovchilarga taqdim etiladi. Mazkur umumiy ovqatlanish maskani ishchi-xodimlar uchun zamon talablari darajasida jihozlangan. Muhimi barcha mahsulotlar muntazam tarmoqning sanitariya epidimologiya markazi tomonidan nazoratdan o'tkaziladi. Yana bir e'tiborga molik jihat, narhlar xamyonbop, to'lovlarni naqd yoki plastik karta orqali amalga oshirish mumkin.   

Yuqorida ta'kidlaganidek agarda siz uzoq yo'lga taraddud ko'rayapsizmi, temir yo'l transportidan foydalanmoqchimisiz albatta restoran-vagonimizga marhamat qiling va ular xizmatidan foydalaning! 

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish