Milliy armiyamiz mintaqa tinchligining mustahkam kafolatidir

Yangi yil bayrami kunlari hali yakunlanmay turib yurtimizda yana bir muhim sana 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayramini katta tantana bilan nishonlash arafasida turibmiz.

O‘zbek armiyasini taraqqiy etishida temir yo‘l transporti tizimini ham munosib o‘rni bor. Xususan, Qurolli Kuchlarda qurol-aslaha va jangovar texnikalarni tashish ishlari temir yo‘l, havo hamda avtomobil transport vositalari orqali amalga oshiriladi. O‘tgan yillar davomida temir yo‘l orqali harbiy texnika va qurol – aslahalarni tashish, bekatlarga tutash hududlarida harbiy o‘quv poligonlarini tashkil etib, soha xodimlarini jangovar tayyorgarligini oshirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.

2021 yil davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan Maroqand, Baraj, Kogon va Dasht temir yo‘l bekatlari hududida harbiy texnikalarni yuklash va tushirish uchun mo‘ljallangan zamonaviy turdagi kunduzi va kunning qorong‘i vaqtida yuklash imkoniyatini beradigan ortish-tushirish joylari yangidan barpo etildi. Bu esa, harbiy qism va muassasalarning qo‘shinlarini tashishdagi imkoniyatlarni sezilarli darajada oshirishiga xizmat qilib kelmoqda. Jangovar texnikalar va harbiy yuk ortilgan temir yo‘l vagonlarini yo‘l davomida qo‘riqlab, kuzatib borish uchun qorovul shaxsiy tarkibi uchun maxsus jihozlangan vagonlar tayyorlandi. Ushbu vagonlarda jangovar xizmatni olib borish uchun bir qator qulayliklar yaratildi. Xususan, qish va yozgi mavsum uchun sovitkich, yuvinish va dam olish, kuzatuv va boshqa xonalardan iborat. Harbiy texnikalar bilan harakatlanayotgan poyezd okrug qo‘mondonligi tomonidan onlayn tarzda kuzatib boriladi. 

– Mamlakatimizda muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilganlarni tegishli manzilga, muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni o‘z manzillariga yetkazib qo‘yishda temir yo‘l transporti xizmatidan foydalanilib kelinmoqda, – deydi Transport vositalarida qo‘shinlar harakatini taʼminlash markazi boshlig‘i Sirojiddin Saydahmedov. – Bu ishda eng asosiy masʼuliyat “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatidagi Transport vositalarida qo‘shinlar harakatini taʼminlash markazida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda tasdiqlangan 2021/22 o‘quv yili rejasiga asosan quyidagi ishlar amalga oshirildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahnamoligi ostida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga qarashli dala-o‘quv maydonlarida harbiy texnikalarni yuklash va tushirish uchun o‘quv nuqtalari tashkil etildi hamda o‘tgan yil mobaynida transport vositalarida qo‘shinlar harakatini taʼminlash markazi shaxsiy tarkibi boshchiligida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 2021 yil mobaynida davlatlararo O‘zbekiston orqali o‘tgan harbiy yuklar Transport vositalarida qo‘shinlar harakatini taʼminlash markazi shaxsiy tarkibi tomonidan yuklarni xavfsiz, o‘z vaqtida va sifatli yetib borishini taʼminlash bo‘yicha barcha ishlar o‘z vaqtida amalga oshirildi. Temir yo‘l vokzallarida o‘tgan yil mobaynida yuzdan ortiq xalqaro davlatlar harbiy delegatsiyalarini o‘z vaqtida va sifatli kutib olish hamda jo‘natilishi taʼminlandi.

Transport vositalarida qo‘shinlar harakatini taʼminlash markazi shaxsiy tarkibi boshchiligida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli texnikum o‘quvchilari bilan 6 marotaba nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Umumiy ishtirokchilar soni 400 nafardan ortiqni tashkil qildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli temir yo‘l obyektlarining doimiy shayligini taʼminlash maqsadida masʼul xodimlar ishtirokida 72 marotaba obyektlarning texnik holati va hujjatlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

Mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan harbiy xizmatga ketayotgan va harbiy xizmatdan qaytayotgan yoshlarimiz asosan temir yo‘l orqali jo‘natiladi. Temir yo‘ldagi barcha harbiy qatnov va tashishlar qatʼiy intizom va tartib bilan amalga oshirilmoqda. Har yilgi muddatli harbiy xizmatga chaqirish bo‘yicha ishlar katta masʼuliyat va har tomonlama puxta ishlab chiqilgan reja asosida tashkil etiladi. O‘ta masʼuliyatli va har tomonlama mukammal tashkil etilgan jo‘natish ishlariga boshqarma bilan birgalikda bir qancha tashkilotlar jumladan, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati, Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamda hokimliqlarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlarini alohida taʼkidlash o‘rinli bo‘ladi.

Shuningdek, temir yo‘l tizimi doirasida amalga oshirilayotgan barcha harbiy faoliyatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida Transport vositalarida qo‘shinlar harakatini taʼminlash markazining Sirojiddin Saydahmedov, Olimjon Hoshimov, Akmaljon G‘afurov, Alimardon Sharopov, Anatoliy Korniyenko, Feruz Otamurodov, Ikromjon Hayitov, Shahnoza Eminjanova kabi bilimli va o‘z kasbiga sadoqatli harbiy xizmatchilar alohida faollik ko‘rsatmoqdalar.

“Vatan himoyachilari kuni” yaqinlashar ekan tarmoq korxonalarida, taʼlim muassasalarida ushbu sanaga bag‘ishlab tadbirlarni o‘tkazish va ishchi-xodimlar, ayniqsa, yoshlarni o‘z yurtiga sodiq va fidoyi insonlar etib tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri sifatida qaraladi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI