Ilmiy-amaliy konferensiya konstitusiya kuniga bagʻishlandi

Toshkent temir yo‘l texnikumida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Markaziy kasaba uyushma kutubxonasi tashabbusi bilan “Konstitusiya va qonun ustuvorligi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir” nomli ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. 

Unda tadbir mehmoni, sosial fanlar doktori, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matiboyev, Toshkent temir yo‘l texnikumi direktori, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar, Toshkent transport prokuraturasi xodimlari, Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi katta tezkor vakili, O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti hamda Markaziy kasaba uyushma kutubxonasi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda sosial fanlar doktori, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Tashpo‘lat Matibayev so‘zga chiqdi va konstitutsiyamiz yaratilish tarixi va uning yurtimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz manfaatlariga xizmat qilayotganini e’tirof etdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi va o‘sha davr xususida qiziqarli va tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ilmiy-amaliy konferensiya yakunida ishtirokchilar Markaziy kasaba uyushma kutubxonasi tomonidan Konstitutsiyaga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

1992 yilning 8 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-Sessiyasida mamlakatimizning asosiy Qonuni – O‘zbekiston Konstitusiyasi bir ovozdan qabul qilindi. Shundan so‘ng 8 dekabr  Respublikamizda rasmiy bayramga aylandi. Konstitusiya davlatning bosh qonuni, huquq tizimining o‘zagi bo‘lib, boshqa qonunlarning ma’nosi va mazmunini belgilaydi. Bu har bir davlat fuqarosi bilishi kerak bo‘lgan qonundir, chunki bilim va qonunlarni malakali qo‘llash madaniyatli hayot me’yori, uning sifatini oshirishning kuchli dastagidir. 8 dekabr kuni mamlakatimizning bosh Qonuni sharafiga bag‘ishlab yurtimiz bo‘ylab turli ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, ta’lim va madaniyat muassasalarida davra suhbatlari, adabiy-musiqiy kechalar, tematik taqdimotlar va ko‘rgazmalar, bayram konsertlari tashkil etilyapti.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI