Rossiyaning «Transmashxolding» xoldingi Toshkentga yangi metro vagonlarining navbatdagi partiyasini yubordi

Bugun, 13 oktyabr kuni «Transmashxolding» AJ tarkibiga kiruvchi «Metrovagonmash» AJ 20 ta zamonaviy metro vagonlarini ishlab chiqarib (81-765.5/766.5/767.5 seriyali) Toshkentga jo‘natdi va shu bilan Toshkent metropoliteni oldidagi kontrakt majburiyatlarning bajarilishini yakunladi.

Yuborilgan vagonlardan Toshkentda to‘rtta vagonli 5 metro poyezdi shakllantiriladi. Ushbu modifikatsiyadagi harakatlanuvchi tarkiblari etkazilishi bilan Toshkent metropolitenida zamonaviy poyezdlar soni jami 60 vagonni, yaʼni 15 ta to‘rt vagonli poyezdlarni tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda metropolitenning 20 vagonidan iborat birinchi partiyasi Toshkentga etib kelgan. 2021 yil avgust oyida esa «Metrovagonmash» AJ O‘zbekistonga yana 20 ta metro vagonini jo‘natdi. Yangi metro vagonlarining barchasi Toshkent metrosining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan. Umuman olganda, Toshkent metropoliteni va Metrovagonmash poytaxtda metro tashkil etilganidan buyon, yaʼni 1977 yildan hamkorlik qilib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Metrovagonmash» AJ va "Toshkent metropoliteni" AJ 40 metro vagonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma shu yilning aprel oyida imzolangan. Moliyalashtirish manbalari Rossiyaning Rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalar davlat banki (ГК ВЭБ.РФ) va Rossiya eksport-import banki (АО «РОСЭКСИМБАНК») kreditlari hisoblanadi.

Har xil modifikatsiyadagi 81-765/766/767 seriyali metro poyezdlari bugungi kunda Moskva, Qozon, Boku va Toshkentda faol ishlab kelmoqda. Harakatlanuvchi tarkib bo‘ylab yo‘lovchilarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun o‘tish joyi bo‘lgan vagonlararo o‘tish joylari bilan jihozlangan. Kengligi 1,4 metr bo‘lgan eshiklar ochiq va yopiq holatlarni ko‘rsatuvchi tashqi yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlangan. Bosh vagonlarda nogironlar aravachalari uchun joylar mavjud. Har bir vagonda sensorli monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularda kerakli stansiyalarni qidirish, kerakli yo‘nalishdagi sayohatni rejalashtirish va vaqtini hisoblash imkoniyatiga ega. Vagon va mashinist kabinalari videokuzatuv tizimi, konditsioner va havoni zararsizlantirish tizimlari bilan jihozlangan. Toshkent metropolitenining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mashinist kabinasining old oynasi boshqariladigan quyoshdan himoyalovchi tizim bilan jihozlangan. Mazkur metro vagonlarining xizmat qilish muddati 30 yil. Metro poyezdining konstruksion tezligi soatiga 90 km.

                                                                                                                                                                                  Axborot -tahliliy media markazi
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI