Yangi ensiklopedik nashr

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan yangi nashr etilgan "O‘zbekiston temir yo‘llarining 30 yillik tarixiy yo‘li" nomli kitob-albom taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yangin nashr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarori hamda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisining v.b. tarmoq buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlandi. Taqdimotda Jamiyatning boshqaruvi raisining v.b. X.Xasilov kitob-albomdan joy olgan mavzularga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, kitobda O‘zbekiston temir yo‘llari tarixidan boshlab, o‘tgan 30 yil davomida amalga oshirilgan barcha temir yo‘l bunyodkorliklari, eng asosiy yo‘nalishlar va yirik sanoat korxonalari, ijtimoiy soha – ta’lim, tibbiyot, kadrlar tayyorlash faoliyati, shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekiston qahramoni va boshqa davlat mukofoti olganlar haqidagi ma’lumotlar joy olganini ta’kidlandi.

Ta’kidlash lozim, mazkur nashr o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi. Kitob-albomda har bir mavzuga oid tarixiy fotosuratlar yuksak did bilan joy olgan bo‘lib, uning so‘ngida temir yo‘l sohasining 30 yillik solnomasi keltirilgan. Kelajak avlod uchun istiqlol yillarida mamlakatimizning mustahkam iqtisodiy sohalaridan biriga aylangan temir yo‘l sohasi faoliyati haqida o‘ziga xos ensiklopedik qo‘llanma sifatida xizmat qilishi, shubhasizdir.

                                                                                                                                                                              Axborot-tahliliy media markazi
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI