O‘zbekiston-Qozog‘iston: Yuk tashish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 27 iyul kuni "Қазақстан темір жолы MK" AJ boshqaruvi raisi N.Sauranbayev hamda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.Maxkamov va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov o‘rtasida temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokarada ikki mamlakat hukumatlarining temir yo‘l transportini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish zarurligini ta'kidlanib, tashish hajmini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Axborot-tahliliy media markazi