Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

18:32:57 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

Navbatdagi yo‘l o‘tkazgichda kapital ta'mirlash ishlari yakunlandi

Bugun, 4 mart kuni, poytaxtimizdagi Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan joyda joylashgan avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l o‘tkazgichda kapital ta'mirlash ishlari yakunlanib, to‘liq xarakat yo‘lga qo‘yildi.


Ta'kidlash joiz, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PQ-3632-sonli qarori bilan tasdiqlangan avtomobil ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun'iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash doirasida amalga oshirildi. Ushbu dasturda yuqorida qayd etilgan yo‘l o‘tkazgichning loyiha-smeta hujjatlariga asosan 10,9 mlrd. so‘m maxalliy byudjet hisobidan moliyalashtirish belgilangan.

Ushbu yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 495,55 metr, eni esa 31,34 metr, konstruksiya qismi 291,5 metr, yondashish yo‘llarining uzunligi 165.8 metrni tashkil etadi. Yo‘l o‘tkazgich 1999-yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagan. Shu sababli, yo‘l o‘tkazgichning qatnov qismidagi temir-beton konstruksiyalar, g‘ildirak qaytargichlar, bezak plitalari, metall to‘siq panjaralari, asfaltobeton qoplamalari hamda deformatsion choklari yaroqsiz holga kelib qolgandi.


Ushbu ob’ektda ta’mirlash ishlari joriy yil 6-yanvar kuni boshlandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi “Ko‘prikqurilish” tresti tomonidan hamda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda, ushbu yo‘l o‘tkazgichni mukammal ta’mirlash ishlarini olib borishda, asosan, qatnov qismidagi temir-beton konstruksiyalar almashtirildi hamda tayanch ustunlari, temir-beton qoplamalarining buzilgan joylari qayta tiklanmoqda, yo‘l o‘tkazgichning qatnov qismidagi yo‘lni ajratib turuvchi quyma beton bloklar  o‘rnatilmoqda, hamda 2163,7 tn. asfalt-beton qoplamasi yotqizishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. 


Shuningdek, zamonaviy ko‘rinishga ega, shahar arxitekturasiga mos keladigan, milliy andozalardan foydalangan holda yoritgich ustunlari, temir-beton g‘ildirak qaytargichlar, hamda bezakli metall panjaralari va to‘siqlar, temir-beton bezak plitalari o‘rnatildi. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil dekabr oyida Ahmad Donish ko‘chasidan kichik halqa avtomobil yo‘li, Miskin va Usta Shirin ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgich kapital ta'mirlashdan chiqarilib, to‘liq foydalanishga topshirildi. 

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish