Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

12:04:50 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda!

Ayni kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani singari, poytaxtimiz Toshkent shahrida ham yangi yil bayram shukuhi hali hamon hukmron

Ko‘chayu xiyobonlar turfa bezak, rangin jilo bilan yanada chiroy ochgan. Kattayu kichik, ayniqsa, bolajonlar bu bayramni ko‘tarinki ruhda qarshi olmoqda.

Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli hamda  Kasaba uyushma hududiy qo‘mitasi tomonidan Uzelga qarashli korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlarning 4000 nafardan ziyod farzandlariga “Anhor Lokomotiv” saylgohi, “Lokomotiv” istirohat bog‘i hamda “Xumo Arena” muz majmuasiga kirib maroqli hordiq chiqarishlari uchun chiptalar berildi. 



Bayram dasturlari namoyish qilinib, taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etilayotgan kuy qo‘shiqlar, qorbobo va qorqizlarning sovg‘alari  bolajonlarimizning kafiyatini yanada ko‘tarib, bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishlariga zamin yaratmoqda.

Shuningdek, Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli hamda  Kasaba uyushma hududiy qo‘mitasi hamkorlikda bayram arafasida qariyib 30 ga yaqin, tarmoqda uzoq yillar faoliyat yuritib, ayni kunda qarilik gashtini surayotgan nafaqaxo‘rlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga ham yangi yil bayrami munosabati bilan oziq-ovqat jamlanmasidan iborat sovg‘alar  topshirildi.


Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish