Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

07:12:41 (GMT +5), payshanba, 25 aprel 2024

Yo‘lovchilar diqqatiga!

2021 yil 5 yanvar kuni  soat 18:06 larda Jarqo‘rg‘on 165-ra’yezd peregonidagi qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida, davlat raqami 75 D 229 VA bo‘lgan, jiguli rusumli avtomashina haydovchisining yo‘l qoidalariga rioya qilmasdan harakatlanishi natijasida, Termez-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 279-sonli yo‘lovchi poyezdi elektrovozi bilan to‘qnashib ketdi va mazkur yo‘lovchi poyezd 40 daqiqa to‘xtab qoldi. Shu bois ushbu poyezd 6 yanvar kuni Toshkent shahriga harakat jadvalidan  biroz kechikib kelishi kutilmoqda.

Yuzaga kelgan noqulaylik tufayli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish