Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

00:33:28 (GMT +5), juma, 19 aprel 2024

Har bir murojaat e’tiborda!

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda temir yo‘l vokzallaridan birida chipta sotuvchi (kassir)larning yo‘lovchilarga nisbatan qo‘pol muomalasi bilan bog‘liq murojaatga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati tezkor javob berdi.

Xususan, 2020 yilning 4 yanvar kuni, Marketing va servis xizmatlar ko‘rsatish direktori ushbu holat bo‘yicha yig‘ilish tashkil etib, mazkur masala chuqur tahlil etildi. Natijada chipta sotuvchisi va ma'lumotxona operatoriga tegishli choralar ko‘rildi ya’ni ular egallab turgan lavozimlaridan bo‘shatildi. Navbatchi-chipta sotuvchisiga nisbatan esa o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima tarzida intizomiy jazo qo‘llanildi. Menejer-chipta sotuvchisi va vokzal boshlig‘iga xayfsan berildi. Ko‘rsatilayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida qisqa vaqt ichida respublikamizning barcha temir yo‘l chiptaxonalari nusxa ko‘chirish (kserokopiya) uskunalari bilan ta'minlanadi va yo‘lovchilarga imtiyozli chiptalarni  rasmiylashtirishda hujjatlardan nusxa olish bepulamalga oshiriladi.

Mazkur holat yuzasidan joylarda barcha xizmat ko‘rsatish xodimlari o‘rtasida qat'iy tushuntirish ishlari olib borildi va bu kabi shikoyat va e'tirozlarni oldini olish choralari ko‘rildi.

Eslatib o'tamiz, sizga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar bilan bog'liq har qanday holat yuzaga kelgan hollarda sizdan "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJning telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin +998712999450. Eslatib o‘tamiz, ishonch telefoni bu - ma'lumot beradigan xizmat emas! ma'lumotlar beruvchi xizmatining qisqa 1005 raqami mavjud yoki  joylardagi temir yo‘l kassalariga murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, Telegram messenjeridagi @pastrans ilovaga ham murojaatingizni yuborishingiz mumkin. 

Qo‘shimcha chiptalar bo‘yicha batafsil ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:

+998712999450 (belgilangan hisobot blanklarida sotib olingan chiptalar bo‘yicha)
+998999819383 (sotib olingan elektron chiptalar masalasida)

Bundan tashqari, uzjeldorpass@mail.ru elektron pochta orqali ham murojaat etishingiz mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish