Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

15:07:59 (GMT +5), payshanba, 4 mart 2021

Metroda ayolning relslarga qulashiga oid izoh


Kuni kecha OAV larda "Ayol relsga qulab tushdi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Ushbu voqea 2020 yil 28 dekabr kuni soat 21:23da Toshkent metropolitenining "Alisher Navoiy" nomli bekatida sodir bo‘ldi. Unda 1982 yilda tugilgan fuqaro B.I. o‘zini ataylab yaqinlashib kelayotgan poyezd ostiga tashlash maqsadida poyezd yo‘liga yotib oldi. Metropoliten xodimlari va metro xavfsizlik bo‘limining tezkor harakatlari natijasida baxtsiz hodisaning oldi olindi. 

Fuqaro B.I. jiddiy jarohatlarsiz platformaga olib chiqildi. Ma'lum bo‘lishicha, qoidabuzar B.I. depressiya holatida bo‘lganligi  va o‘zining nojo‘ya harakatlarini kuchli ehtiros holatida sodir etganligianiqlandi. Ushbu holat bo'yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Aziz yo‘lovchilar, o‘zingizga va sog‘lig‘ingizga ehtiyot bo‘ling!        

"Toshkent metropoliteni" UK


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish