Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

15:56:32 (GMT +5), payshanba, 25 aprel 2024

“Afrosiyob” zamonaviy poyezdining reysi yana bittaga ko'paydi

Bugungi kunda dunyoning ko'plab davlatlarida COVID-19 virusining keng tarqalishi tufayli, nafaqat xalqaro yo'nalishlarga, balki mahalliy yo'nalishlarda ham transport, ayniqsa, poyezdlar qatnovida cheklovlar joriy qilinmoqda. Mamlakatimizda esa aksincha, jamoat joylarida, transportlarda, ayniqsa, temir yo'l vokzallarida, poyezdlarda pandemiyaning keng tarqalishini oldini olish choralari ko'rilib, yo'lovchilarga qulayliklar yaratilmoqda. 

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan yo'lovchilarning zamonaviy poyezdlarga bo'lgan talabini to'la qondirish maqsadida, Toshkent – Samarqand – Toshkent yo'nalishida harakatini amalga oshirayotgan 764/763-sonli “Afrosiyob” elektropoezdining reysi yana bittaga ko'paytirilmoqda. Hozirgi kunga qadar haftada 2 marotaba (shanba va yakshanba kunlari) harakatini amalga oshirayotgan mazkur zamonaviy poezd, 2020 yil 13 noyabrdan boshlab, haftada 3 marotaba (juma, shanba va yakshanba kunlari) yo'lovchilarning uzog'ini yaqin qiladi. Bundan tashqari mazkur poyezdning ushbu sanadan boshlab Jizzax vokzalida ham to'xtab o'tishi yo'lga qo'yiladi.

IZOH: Chiptalarni elektron tarzda ham bemalol xarid qilish mumkin. Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.  hiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin. Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish