Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

15:14:04 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

Chegirmalar to‘g‘risida!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Keksalarni qo'llab-quvvatlashning davlat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga binoan joriy yilning noyabr oyi «Keksalar uchun turizm oyligi» deb e'lon qilindi.

Keksalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo'yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ tomonidan 2020 yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun chiptaning tarif qismidan 10% miqdorida chegirmalar belgilanmoqda. Chegirmalar faqat mahalliy yo‘nalishdagi barcha toifadagi vagonlar ("Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdidan tashqari) uchun belgilangan. 

Hurmatli yo‘lovchilar! Vokzal hududida hamda vagon ichida sanitariya gigiena qoidalariga doimiy ravishda qat'iy rioya qiling va o'zingizni hamda yaqinlaringiz salomatligini asrang!

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. 

 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ



“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish