Navbatdagi bosqichda poyezdlar harakati jadvali

Joriy yil 20 avgustdan quyidagi mahalliy yo'nalishlarda yo'lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklanmoqda:

20 avgust soat 06:05 dan Toshkent janubiy vokzalidan 92-sonli Toshkent – Andijon;

20 avgust soat 14:34 dan Andijon vokzalidan 391-sonli Andijon – Buxoro;

21 avgust soat 21:04 dan Buxoro vokzalidan 392-sonli Buxoro – Andijon;

21 avgust soat 22:50 dan Toshkent janubiy vokzalidan 82-sonli Toshkent – Sariosiyo;

22 avgust soat 16:00 dan Sariosiyo vokzalidan 81-sonli Sariosiyo – Toshkent;

22 avgust soat 14:30 dan Andijon vokzalidan 397-sonli Andijon – Termiz;

23 avgust soat 15:25 dan Termez vokzalidan 398-sonli Termiz – Andijon;

24 avgust soat 14:34 dan Andijon vokzalidan 393-sonli Andijon – Xiva;

25 avgust soat 13:08 dan Xiva vokzalidan 394-sonli Xiva – Andijon;

26 avgust soat 14:34 dan Andijon vokzalidan 91-sonli Andijon – Toshkent.

Yo'lovchilar chiptalarni temiryo'l kassalaridan, shuningdek, elektron tarzda ham xarid qilishlari mumkin. 

Koronavirusdan himoya qilish uchun yo'lovchilardan poyezdlarga chiqishda vokzal hududida hamda yo'l davomida vagon ichida sanitariya gigiena qoidalariga doimiy ravishda qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi. O'zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang!

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI