Rossiya oliygohlarida grant asosida tahsil olayotgan temiryo‘lchi talabalar maxsus reys bilan Vatanga qaytarildi

Joriy yil 7 iyuldan 8 iyulga o‘tar kechasi Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti (TTMI)ning Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning granti asosida tahsil olayotgan talabalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tashkil etilgan maxsus Minvodi – Toshkent aviareysida poytaxtimizga yetib keldi.

Mazkur reysda jami 118 kishi olib kelindi, shu jumladan N.E.Bauman nomidagi Moskva Davlat texnika universiteti, Moskva Davlat po‘lat va qotishmalar instituti, hamda Sankt-Peterburg davlat aloqa yo‘llari universitetida tahsil olayotgan talabalarimiz ham qaytarildi.

Barcha talabalar Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalar turar joyida karantinda saqlanishadi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ barcha zarur yashash sharoitlari, jumladan, kuniga uch marta issiq ovqat tashkillashtirildi. Onlayn ta‘limni davom ettirayotgan talabalar uchun Internetga ulanish imkoniyati yaratildi. Belgilangan karantin davri tugagandan keyin barcha talabalar uylariga yuboriladi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI