O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining navbatdagi VII Qurultoyi haqida


“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining katta majlislar zalida 2020 yil 25 avgust kuni soat 10:00 da O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining navbatdagi VII Qurultoyi bo‘lib o‘tadi.

Qurultoy kun tartibi muhokamasiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1. O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining 2016-2020 yillardagi faoliyati to‘g‘risida hisoboti va kasaba uyushmalari a'zolarining mehnat huquqini hamda ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Respublika Kengashi va unga a'zo tashkilotlarning kelgusidagi vazifalari to‘g‘risida.

Ma'ruzachi: Respublika Kengashi raisi Q.Sabirov

2. O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Taftish komissiyasining 2016-2020 yillardagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti.

Ma'ruzachi: Taftish komissiyasi raisi F.Musalimov

3. O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlari to‘g‘risida.

Ma'ruzachi: Respublika Kengashi raisi Q.Sabirov

4. O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi yangi qonunidan kelib chiqib, O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.

Ma'ruzachi: Respublika Kengashi bosh huquqiy maslahatchisi A.Azizov

5. O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi a'zolarini saylash to‘g‘risida.

6. O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengash Rayosati a'zolarini saylash to‘g‘risida.

7. O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Taftish komissiyasi a'zolarini saylash to‘g‘risida.

8. O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisini saylash to‘g‘risida.

9. O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosarini saylash to‘g‘risida.

10. O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Taftish komissiyasi raisini saylash to‘g‘risida.

11. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi VIII Qurultoyiga delegatlarni saylash to‘g‘risida.

12. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi a'zoligiga vakil saylash to‘g‘risida.

O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining 
VII Qurultoyiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI