Toshkent - Andijon - Toshkent: qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi boshlandi

  • 27.05.2020
  • 1471

2020 yil 26 may kunidan boshlab Toshkent - Andijon - Toshkent yo‘nalishida 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati qayta tiklandi.

Mazkur poyezd qatnovi Respublika maxsus hayati tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibiga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Yo‘lovchilar chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilishlari mumkin, faqat poyezdga chiqishdan oldin yo‘l varag‘ini to‘ldirishlari va vaqtinchalik o‘rnatilgan tartibga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI