Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan videoga izoh

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan ikki oy mobaynida yurtimizdagi ko‘plab sanoat korxonalari, qurilish tashlikotlari karantin qoidalariga rioya qilgan holda ishchi xodimlarni ish bilan ta'minlab kelmoqda. Ana shunday jarayonda ayrim kimsalar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda turli xil asossiz ma'lumotlar, video va foto tasvirlar tarqatilmoqda. Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda , "Andijon–Toshkent" yo‘nalishidagi poyezd vagonida yo‘lovchilar me'yordan ko‘p olingan ekan. Yuzlab yo‘lovchi vagonlarda tiqilib keldi. Oraliq masofa haqida gapirmasa ham bo‘ladi! Bu ahvolda virus tarqalishi mumkin-ku!” - deya video tasvir qoldirgan. 

Sir emas pandemiya davrida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida respublikamizning turli hududlaridan ishchi xodimlar faoliyat olib bormoqda. Ish jarayoni vaxta usulida tashkil qilinganligi bois, ishchilar keng jamoatchilik bilan aloqada bo‘lmasdan, karantin qoidalariga rioya qilgan holda ishlashmoqda. Ularni ish joyiga, uylariga olib borish uchun maxsus poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Videoda tasvirlangan odamlar hammasi bir jamoada ishlaydigan ishchilar. Ulardan ishga borish hamda uyga qaytish vaqtida koronavirus infeksiyasi bor yo‘qligini aniqlash uchun analiz olinib, test tahlillariga qarab vagonlarga chiqarilgan. Shunigdek 18 maydan harakatini tiklagan "Toshkent-Andijon"  yo‘lovchi poyezdi vagonlari o‘tirib ketadigan zamonaviy toifadagi vagonlar bo‘lib, harakatni boshlagan. Shu bois bunday asossiz videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, aholining kayfiyatini cho‘ktirish noo‘rin deb hisoblaymiz.



“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI