Yo‘lovchilar diqqatiga!

Xabaringiz bor, karantin davrida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mahalliy yo‘nalishlarda avia va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi. 

Karantin sharoitida aholining iqtisodiy holatini e'tiborga olib, shuningdek, harakatlanish vaqtida yo‘lovchilarning ijtimoiy masofa saqlashiga sharoit mavjudligini nazarda tutib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi. 

Endilikda yuqorida ko‘rsatilgan reyslar bo‘yicha harakatlanayotgan yo‘lovchilardan  koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganligi haqidagi ma'lumotnoma talab etilmaydi.  

Shu bilan birga, avia va temir yo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda temir yo‘l chiptalarini oldindan sotib olish muddati, shu jumladan elektron chiptalar ham, 60 kunni tashkil etadi. 

Axborot-tahliliy media markazi



0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI