Karantin o‘tash muddati tugagan vatandoshlar poyezdda o‘z uylariga yetib bormoqda

Mamlakatimiz hukumati O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Respublikamiz ichki va xalqaro yonalishlardagi temir yo‘l qatnovlarini vaqtincha to‘xtatish ham zarur chora-tadbirlardan biri.

Biroq, temir yo‘llarda  mahalliy yo‘lovchilarni tashuvchi – "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ o‘z faoliyatini bir kunga ham to‘xtatgani yo‘q. Ma'lumki, O‘zbekistonga koronavirus infektsiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida chet eldan qaytib kelgan fuqarolar mamlakatimizning qator viloyatlaridagi turli tibbiyot muassasalarida karantin ostiga olingan. Vatandoshlarimizning karantin o‘tash  muddati tugaganidan so‘ng, maxsus tashkil etilgan poyezdlarda yashash joylari (viloyat, shaharlar)ga olib borilmoqda. Qat'iy dezinfeksiya qilingan yo‘lovchi vagonlarda aholini yurtimizning turli  hududlariga har kuni eltib borilmoqda. Bugungi kunga qadar jami 16 mingdan ortiq kishi maxsus poyezdlarda tashildi. Bugun, 04.05.2020 yana qariyib 500 kishi o‘z manzillariga yetkazib borish rejalashtirilgan.


Аxborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI