Tadbirkorlar uchun tezyurar yuk poyezdlari haqida ma'lumot

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ yuk tashish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishni davom ettirmoqda, hamda kichik va o'rta biznesni, xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash, qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi va qo‘shni Afg‘oniston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lida temir yo‘l transporti orqali yuk tashishlari faol rivojlanmoqda. 
 
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ mahalliy eksport qiluvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratdi, xususan, Afg‘onistonning Hayraton stansiyasiga tezyurar yuk poyezdlarining muntazam ravishdagi qatnovini tashkil etdi. Yuk poyezdining bir qismi poytaxtda shakllantiriladi va yo‘nalish bo‘ylab hududlarda ham shakllangan eksport yuki ortilgan vagonar mazkur poyezdga biriktiriladi. 

Oddiy qilib aytganda, oldinlari Toshkentdan Afg‘onistonga jo‘natilgan vagon 5-6 kun ichida yetkazib berilardi. Endilikda esa tadbirkorlar buyurtmalarini rasmiylashtirib, Toshkentdan Hayraton (Afg‘oniston) stansiyasiga ikki kun ichida yuklarni tezyurar yuk poyezdlarida yetkazib beriladi. 
 
Shu bilan birga, joriy yil 16 aprelda tarkibida 14 ta vagoni bo‘lgan birinchi tezyurar yuk poyezdi Afg‘onistonga yuborilgan bo‘lib, yo‘nalish bo‘ylab yana qo‘shimcha ravishda  eksportbop mahsulot yuklatilgan 36 ta vagon biriktirildi. Bugungi kunga qadar bu kabi 4 ta poyezd tashilgan bo‘lib, ular  eksportga yo‘naltirilgan milliy iqtisodiyot tovarlari yuklangan jami 218 vagonni tashkil etdi.  

E'tiborlisi, mazkur poyezd haftasiga uch marotaba qatnaydi. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ yuklarning barcha turdagi yuklarni turli xil vagon, konteyner, sisterna va hokazolarni taqdim etadi. To‘lov har qanday qulay to‘lov usulida amalga oshiriladi,shu bilan birga transport ta'rifi o‘zgarishsiz qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, bunday loyihalar muntazam ravishda amalga oshiriladi va ushbu xizmat turini joriy etish, avvalambor, kichik biznes va xususiy biznes vakillarini, ishlab-chiqaruvchilarni, tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, shu bilan birga butun mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz. 

Yuklarni tashish bo‘yicha barcha ma'lumotlar "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rasmiy veb-saytida mavjud. Shuningdek, savol bilan siz +998-90-938-40-00 raqami orqali Telegram-messenjeriga ham murojaat qilishingiz mumkin. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI