Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

20:04:31 (GMT +5), chorshanba, 20 noyabr 2019

“Sharg'unko'mir” AJ bilan vaziyatga sharh

Ma’lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (PQ-3380-son) qaroriga muvofiq 2017-yilda "Sharg'unko'mir"AJ "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatiga berilgan. Shu kunlarda bir qator elektron ommaviy axborot vositalarida mazkur korxona faoliyatini qoralovchi axborot tarqatilmoqda. Xususan, xabar berilishicha korxona xodimlariga nisbatan taziq va bosim qilinmoqda.

Ushbu xabarlarning birlamchi manbai Ozodlik.org. Internet nashridir. Ta’kidlash joiz, 2015 yildan buyon mazkur korxonada mehnat qilgan S.R. Safarov (Surxondaryo viloyatida tug'ilgan) xodimlar orasida turli xil tartibsizliklarning asosiy sababchisi hisoblanaib, noqonuniy oldindan (keyinchalik ma'lum bo'lgan) rejalashtirilgan ish tashlashda, elektron ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan videoyozuvlarida u bir necha bor to'g'ridan-to'g'ri “Ozodlik”ga murojaat qildi va "Mana, hurmatli Ozodlik radiosi, ko'ringlar!" deya murojaat qildi.  

Bu safar, buzg’unchi g’oya bilan yana xuddi shu Internet manbaga murojaat qilish oraqli chiqish qilib, u va uning oila a'zolariga "Shargunkumir"AJ rahbariyati tomonidan bosim o'tkazayotgani haqida yo’lg’on ma'lumotlarni tarqatdi. Shuni ta'kidlash kerakki, Safarov S. R., uning noqonuniy xatti-harakatlari va turli asossiz gaplar tufayli bir necha bor ma'muriy jazoga tortilgan. Bugungi kunda u mazkur ko'mir korxonasida faoliyati yuritmaydi. 

Ma’lumki, Shargun respublikamizdagi eng yirik ko'mir zaxirasi hisoblanadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, uning hajmi 33 million tonnadan ortiq xom-ashyo hisoblanadi. Bu yerda bugun qariyib 500 kishi mehnat qilmoqda. Ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida joriy yilning o’zida korxonada bir qator joriy va kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Annayeva Salomat, "Shargunkumir" AJning kon-kon ishlari bo'yicha yetakchi muhandisi”:

- Korxonamizda ish haqi o’rtacha hisobda 60% ga oshdi. Oylik maoshi o’z vaqtida beriladi. Bundan tashqari, biz kabi zararli ishlab chiqarishda ishlovchi xodimlari uchun muntazam sut mahsulotlari beriladi. Yuvinish xonasi, ovqatlanish (oshxona) xonasi ta'mirlandi. Ko'mir sanoati ishchilari uchun chindan ham yaxshi sharoitlar yaratilgan desak mubolag’a bo’lmaydi. 

Shuningdek, "Obod shahar" dasturini amalga oshirish doirasida "O'zbekiston temir yo'llari"AJ ham shaharni obodonlashtirishga salmoqli hissa qo'shmoqda. Ma'lumki, joriy yilning 30-aprel va 1-may kunlari Prezidentimizning Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumaniga tashrifi chog'ida Sharg'un shahri qiyofasini tubdan o'zgartirish va mahalliy aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. Shahar markazida barpo etilgan va obod qilingan Ko’mirchilar hiyoboni temiryo’lchilardan konchilarga munosib sovg'a bo’ldi. 

Xursanov Boxodir, "Sharg'unko'mir" AJ bosh texnologi:

- O'tgan qisqa davrda bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi va shahar yangi qiyofa kasb etdi. Bu juda quvonarli albatta, lekin biz uchun korxonamizda ham qanday sharoitlar yaratilgani muhim ahamiyatga ega. Sohada faoliyat samaradorligini oshirish uchun malakali mutaxassislar jalb etilmoqda. Chet elda yosh kadrlarni o'qitish va malakasini oshirish bo'yicha rejali ishlar olib borilmoqda. Qazib olingan ko'mir mahsulotlaridan tejamli foydalanish va uning talon-tarojligiga yo'l qo'ymaslik maqsadida "O'zbekiston temir yo'llari"AJ huzuridagi harbiylashtirilgan qo'riqlash boshqarmasi tomonidan doimiy nazorat olib borilmoqda. Joylarda maxsus videokuzatuv tashkil etilgan.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda Xitoy, AQSh, Hindiston, Germaniya, Rossiya, Ukraina kabi ko'mir qazib olish bo'yicha yetakchi mamlakatlar hisoblanadi. Tarmoqni modernizatsiya qilish, texnik jarayonlarni rekonstruksiya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar yaqin kelajakda O'zbekiston ushbu mamlakatlar orasida haqli ravishda munosib o'rin egallashi uchun sharoit yaratmoqda. Soha mutaxassislari nafaqat mamlakatning ushbu xom-ashyoga bo'lgan ehtiyojini qondirish, balki butun davlatning eksport salohiyatini ham oshirishni maqsad qilgan. 

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish