Temiryo'lchilar “Bosh vazir kubogi-2019” sohibi bo'lishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 4 sentyabr kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan vazifalar doirasida tashkil etilishi  belgilangan “Bosh Vazir kubogi” musobaqalari 19-27 oktyabr kunlari bo'lib o'tdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo'jalik  birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida tashkil etilgan voleybol bo'yicha ilk marta «Bosh vazir kubogi» ayollar o'rtasida tashkil etilgan voleybol musobaqalarida 11 ta jamoa ishtirok etdi. 

 “Bosh vazir kubogi” musobaqasida «O'zbekiston temir yo'llari» jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritib, kubok sohibi bo'lishdi.

Taqdirlash marosimida Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov ishtirok etdi. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI