Vagon kuzatuvchisi ishtirokidagi audioyozuv o'rganilmoqda

Kuni-kecha tunda №369-sonli “Novosibirsk  Toshkent” yo'nalishida harakatlanayotgan yo'lovchi poezdi vagon kuzatuvchisi va yo'lovchi o'rtasidagi audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Voqelikni atroflicha o'rganish yuzasidan “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadordik jamiyati tomonidan tezkor ishchi guruh tuzildi. Ayni vaqtda “O'ztemiryo'lyo'lovchi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori boshchiligidagi ishchi guruh  dastlabki o'rganish ishlarini boshlagan. 

Eslatib o'tamiz, “Novosibirsk – Toshkent” yo'nalishida harakatlanayotgan ushbu yo'lovchi poezdi 30 oktyabr kuni Toshkent Markaziy vokzaliga yetib keladi. 

Hurmatli yo'lovchilar “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati xizmatidan foydalanayotganda biror bir noqununiy hatti-harakatlar kuzatilsa +99871 299 94 50 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qilishingizni so'raymiz.  

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI