Yangi tibbiy uskuna sabab bemorlar tez sog'aymoqda

Poytaxtimizda joylashgan Markaziy temiryo'l poliklinikada tibbiy texnika yana bittaga ko'paydi. Avval 25-30 kunda davolangan bemorlar “Velas” tibbiy uskuna yordamida 4 kunda sog'ayib ketishmoqda.

Ma'lumki, malakatimiz temiryo'lchilari tomonidan yuk va yo'lovchi poezdlarini ishonchli va xavfsiz manzilga yetkazilishi bilan bir qatorda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari xalqimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratishdan iborat. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, xalq bizdan rozi bo'lsa, yaratgan ham bizdan rozi bo'ladi. Jamiyatimizdagi har qanday yangilanish mohiyatida ana shu ezgu maqsad mujassamdir. 

Jarrohlik bo'limi bemorlar eng ko'p murojaat qiladigan yo'nalish hisoblanadi. Bu yerga bir kunda o'rtacha 120-150 nafar temiryo'lchilar tibbiy ko'rikdan o'tsa, 40-50 nafarga yaqin soha xodimlari tibbiy muolaja qilinadi. Bo'limda jami 35 nafar, shulardan 5 ta shifokor-jarroh, 1 ta tramotolog, 1 ta оnkolog, 2 ta urolog va yana 2 ta anestozolog-reonemotolog va 1 ta endoskospisk kabi o'z kasbining tajribali mutaxassislari mavjud. Bu yerda asosan churra kesish, proktologik, travmatologiya, ortopediya, kichik urologik hamda oyoq qon tomir kasalliklari bo'yicha jarrohlik operatsiyalar bajariladi. Yaqinda ushbu bo'limiga yangi zamonaviy “Velas” nomli lazer uskuna sotib olindi. Xitoydan keltirilgan ushbu texnika  oyoq qon tomir kasalliklari (varikoz)ni davolashda qo'llaniladi. 

– Soha xodimlari orasida oyoq qon  tomir kasalliklari ko'p uchraydi, bunga sabab ortiqcha vazn yig'ilishi hamda mehnat faoliyati davomida belgilangan me'yor talabidan ko'proq vaznda yuk ko'tarishdan ushbu hastalik kelib chiqadi, – deydi poliklinika bosh shifokor o'rinbosari Xusan Kuchkarov. – Yangi keltirilgan ushbu zamonaviy tibbiy jihoz yordamida qon tomirlarni davolashda jarrohlik amaliyoti qilmasdan, qon tomirlarni kesmasdan yengil lazer nurlari orqali ushbu kasallikni davolash yo'lga qo'yildi. Eng muhimi jarrohlik amaliyoti davomida bemor oyog'i va qon tomirlari kesilmaydi, chandiq ham qolmaydi. Avvallari ushbu jarrohlik amaliyoti orqali badanda chandiq qolgan bo'lib, bemor jarrohlik amaliyotidan so'ng 25-30 kundan so'ng sog'ayib, mehnatga layoqatli bo'lar edi. Ushbu zamonaviy tibbiy jihoz orqali jarrohlik amaliyotini o'tagach, uzog'i bilan 4 kunda to'liq tuzalib, ish faoliyatini boshlashi mumkin bo'ladi. Ushbu zamonaviy tibbiy jihozni jarroxlik bo'limini tajribali mutaxassislaridan shifokorlar E.Xayitaliev, O.Ochilov, YE.Maslennikova hamda I.Shayxutdinovlar bemorlarni sog'ligini tiklashda unumli foydalanishmoqda.

“Velas” tibbiy tibbiy jihozi orqali nafaqat oyoq qon tomir kasalliklari, balki qorin grijasi, kindik jarrohligi ham lazer nurlari orqali davolash imkoni bo'lmoqda. Bir oyda o'rtacha 40-50 nafar temiryo'lchilar ushbu tibbiy jihoz yordami orqali sog'ayib faoliyatini erta boshlamoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI