Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

11:01:01 (GMT +5), seshanba, 19 noyabr 2019

O'zbekiston-Turkiya: Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruv raisi Xusnutdin Xasilov bilan “Turkiya davlat temir yo'llari” AJ bosh direktori Arikan Erol boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda temir yo'l transporti sohasida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, temir yo'l orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish bo'yicha muzokaralar olib borildi. 

Uchrashuv chog'ida shuningdek, yuk tashish bo'yicha yangi yo'nalishlar belgilab olindi. O'zbekiston va Turkiya temir yo'llarining Boku –Tbilisi – Qars va Turkmaniston – Eron transport koridorlar orqali yuk tashuvlar hajmini oshirish bo'yicha ikkitomonlama Ishchi guruh tashkil etilishi xususida ham kelishib olindi.  

Tadbir davomida o'zaro eksport-import xizmatlarini ko'rsatishda konteynerlardan keng foydalanish bo'yicha ham fikrlar bildirildi. Shuningdek, “O'zbekiston temir yo'llari” AJga qarashli yuk vagonlarining Turkiya davlatida erkin harakatlanishi, ularga texnik xizmat ko'rsatish masalalari ham yig'ilganlarning diqqat-e'tiborida bo'ldi.

Uchrashuv so'ngida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli shartnoma imzolandi. Shartnomaga shu jumladan, Turkiya davlatida “O'zbekiston temir yo'llari” AJga qarashli yuk vagonlarining erkin harakatlanishiga sharoitlari bo'yicha tegishli band ham kiritildi, hamda bu bilan O'zbekiston tadbirkorlarining yuklarini xavfsiz va qiska muddatda Turkiya va Yevropaga jo'natish uchun qulay sharoitlar belgilab olindi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish