Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

02:30:02 (GMT +5), shanba, 23 noyabr 2019

Bayram tuhfasi: Yangi elektrlashtirilgan temir yo'l

Bugun “Pop – Namangan” elektrlashtirilgan temir yo'li orqali tezyurar yo'lovchi poyezdining ilk reysi amalga oshirildi. Mazkur liniyada elektrovozlar harakati yo'lga qo'yilishi, temiryo'lchilardan eng ulug' va eng aziz ayyom – Mustaqilligimizning 28 yilligiga ajoyib tuhfa bo'ldi. 

Shu munosabat bilan Namangan temir yo'l vokzalida bayram tadbiri o'tkazildi. Unda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruvi raisining o'rinbosari Kamalov A. hamda Namangan viloyati xokimi Bozorov X., shuningdek, keng jamoatchilik, nuroniylar, temiryo'lchilar va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Bu erda hozir bo‘lganlar mehmonlarni karnay-surnay va gullar bilan kutib olindi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 oktyabrdagi PQ–3336-sonli “Pop – Namangan – Andijon temir yo'l liniyasini elektrlashtirish” loyihasini “Osiyo taraqqiyot banki” ishtirokida amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risidagi qarori ijrosini ta'minlash borasida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, umumiy uzunligi 45 km bo'lgan Pop – Namangan uchastkasi to'liq elektrlashtirildi va ushbu ishlar qisqa  muddatda va sifatli tarzda amalga oshirildi. Xususan, ushbu masofada jami  690 ta tayanch ustunlari, 690 ta konsollar o'rnatildi. 45 km.lik MF-100 rusumidagi kontakt simlari tortildi. Elektrlashtirish jarayoni Pop, Chust, To'raqo'rg'on, Rauston, Namangan stantsiyalari oralig'idagi qurilish-montaj ishlari “1-son energomontaj poezdi” unitar korxonasi, Maxsus mexanizatsiyalashtirilgan yo'l stantsiyasi ishchi-xodimlari tomonidan olib borildi. Endilikda mazkur ukastkada teplovozlarni zamonaviy elektrovozlarga almashtirish, yuk va yo'lovchi tashish harajatlarini kamaytirish, harakat tezligini sezilarli darajada oshirish imkoni yaratadi. Tahlillarga ko'ra, Popdan Namangangacha  teplovozlar yoqilg'i sarfi bilan solishtirganda elektrlashtirish ishlaridan so'ng 3 barobarga qisqaradi. Ko'rinib turibdiki, bu jarayon sarf-harajatlarni kamaytirish bilan birga atrof muhit muxofazasini ta'minlashga ham xizmat qiladi.
 
Ma'lumot uchun, “Pop – Namangan – Andijon temir yo'l liniyasini elektrlashtirish” loyihasi “Boshtransloyiha” AJ muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. Loyihaning umumiy qiymati 202,3 mln. AQSH dollari bo'lib, 80 mln. AQSH dollari “Osiyo taraqqiyot banki” mablag'lari hisobiga to'g'ri keladi. Elektrlashtirilayotgan liniyada jami 2 ta yangi nim tortish stantsiyalari qurilishi rejalashtirilgan. Shu kungacha, ushbu katta hududda 3728 ta kotlovanlar qazilib, 3326 ta tayanch ustunlari o'rnatildi. 576,75 ming metr kub tuproq ishlari bajarilgan. 25 ta sun'iy inshootlar qurildi.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish