×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

10:04:19 (GMT +5), seshanba, 19 noyabr 2019

Yer usti metropoliten liniyasida dastlabki relslar yotqizildi

Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligini O‘zbekiston temiryo‘lchilari katta bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalarning samarali ijrosi bilan kutib olmoqda.

Kuni kecha “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismida “Ohangaron” bekati yo‘nalishi bo‘ylab dastlabki relslarni qo‘yish ishlari boshlab yuborildi. Ayni paytda ushbu yo‘nalishga 2 km.dan ortiq po‘lat izlar yotqizildi. 


Ushbu yo‘nalish 11 kilometrdan iborat bo‘lib, “Do‘stlik”, “Ohangaron”, “Tuzel`”, “Iltifot”, “Rohat”, “Yangiobod” hamda “Qo‘yliq” bekatlarini o‘z ichiga oladi. Mazkur metro qurilishida butunlay yangi texnologiyadan foydalanilmoqda. Jumladan, estakadalar uchun monolit usulda beton ustunlar quyish jarayoni o‘zlashtirilib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan materiallardan foydalanilmoqda.

Temiryo‘lchilar Mustaqilligimizning 28 yilligi bayrami arafasida “Do‘stlik”  hamda “Ohangaron” bekatidagi qurilish ishlarini to‘liq tugatishni rejalashtirishgan. Buning uchun bekatlarda kecha-yu kunduz qurilish ishlari olib borilmoqda. 


“Do'stlik” estakada yo'nalishidagi birinchi bekatdir. Bir qavatdan iborat ushbu bekatda ayni paytda ma'muriy bino, chiptaxonalar, tibbiyot, xavfsizlik va texnik xodimlari uchun xonalari qurilib, so'nggi pardozlash ishlari olib borilmoqda. 120 metrlik uzunlikdagi perronida ham sifatli qurilish mahsulotlaridan foydalanilib, yer qismi mrammor mahsulotlari bilan qoplandi. E'tiborlisi, perrondan poyezdga chiqish qismiga ko'zi ojizlar uchun maxsus bo'rttirilgan mrammor toshlardan yotqizildi. 

Bekatning asosiy ikki tomoni quyosh nurini kam o'tkazadigan zamonaviy oynalar bilan qoplanyapti. Perronga kirish-chiqish yor osti va yer usti yo'laklariga ham ko'rkam marmar toshlari bilan bezatilmoqda. Ayniqsa, yo'lovchilarga yanada qulay sharoitlarni yaratish maqsadida boshqa yo'nalishga o'tish uchun perron ichidan o'tish zinasi tashkil etildi. Bekat atrofi va hududi obodonlashtirilib, zamonaviy yoritgich chiroqlari o'rnatildi. Avtomobilllar uchun turargoh bunyod etildi. Mavjud bo'lgan yer osti “Do'stlik” bekatidan uning yer ustidagi qismiga o'tish uchun maxsus yo'lak barpo etilib, u ikki stansiyani o'zaro bog'ladi.

“Ohangaron” bekatida ham bunyodkorlik ishlarining so'nggi bosqichi amalga oshirilmoqda. Ushbu bekat ikki qavatdan iborat bo'lib, birinchi qavatda ma'muriy, chiptalar sotish va xavfsizlik xonalari qurildi. Ikkinchi qavat esa asosan perron qismi bo'lib, unga chiqiladigan ikki tomonga yo'lovchilarning chiqib tushishlari qulayligini ta'minlash maqsadida zamonaviy eskalatorlar o'rnatildi. Obyektning ichki va tashqi qismida so'nggi pardozlash ishlari bajarilib, milliy me'moriy uslubda bezatilmoqda. Hudud atrofi esa obodonlashtirilib, ko'rkam holatga keltirilyapti.

Eslatib o'tamiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan metro liniyasining yer usti xalqa yo'lining umumiy uzunligi 54,8 kilometrdan iborat bo'ladi. Uning 53,1 kilometri balandligi 6 metr balandlikdagi estakadalar orqali o'tkazilib, loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi. Ta'kidlash lozim, istiqbolda yangi liniyada poyezdlarning o'rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 4 daqiqadan iborat bo'ladi. Ushbu liniyada 2 ta vagon deposi qurilishi ham rejalashtirilgan. Bekatlardagi perron 5 ta vagon to'xtashi uchun mo'ljallangan. Rossiya Federatsiyasidan yangi metro liniyalarining estakada yo'nalishida harakatlanadigan zamonaviy va yuqori sifatli, yo'lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega vagonlar tayyorlanib, yurtimizga keltirilishi kutilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish