Navbatdagi zamonaviy elektrovozlar keltirilishi arafasida

  • 19.08.2019
  • 780

“O'zbekiston temir yo'llari” AJning lokomotiv parki joriy yil oxiriga qadar 3 ta, 2020 yilning birinchi choragida yana 2 ta 3ES5K elektrovozlari bilan to'ldiriladi. 
 
“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatiga investitsiyaviy loyihalar dasturiga ko'ra, joriy yil boshida Rossiya davlatidan 2 dona 3ES5K rusumli yangi elektrovozlar keltirilgan edi. Ish faoliyati davomida mazkur elektrovoz mutaxassislar tomonidan  muvafaqiyatli sinovdan o'tkazildi. Shu bois asosan yuk tortish uchun mo'ljallangan lokomotivdan yana 5 ta olib kelish bo'yicha shartnoma imzolangan.

Ma'lumot uchun: Zamonaviy yuk elektrovozi 1520 mm temir yo'llarda yurish uchun mo'ljallangan bo'lib, 3 ta sektsiyadan iborat. Har bir sektsiyada 4 ta g'ildirak juftligi o'rnatilgan. Elektrovozning tortish kuchi soatiga 9840 kVt tashkil etgan bo'lsa, Xitoydan keltirilgan 1 ta sektsiyali “O’zbekiston” elektrovozining tortish kuchi soatiga 6000 kVt edi. Ko'rinib turibdiki, mazkur lokomotiv boshqalarga nisbatan juda katta kuchga ega. Shuningdek, bir soatlik minimal yurish tezligi 49,9 km/s ni tashkil etadi. Eng yuqori yurish tezligi 110 km/s. Elektrovoz qishning izg'irin sovug'ida ham, yozning jaziramasida ham yurishga mo'ljallangan. Lokomotiv kabinasi barcha to'liq kompyuterlashtirilgan bo'lib, mashinist uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 

Axborot-tahliliy media markazi 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI