Bayram chegirmalari!



“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz Mustaqilligining 28 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 2019 yilning 31 avgust – 3 sentyabr kunlari mahalliy yo'nalishlarda yo'lovchilarga chegirmalar taqdim etadi:

- Nafaqaxo'rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50%;

- Oliy o'quv yurtlari talabalari, maktab o'quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta'lim muassasalari talabalari – 15%;

-  Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo'lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan ona) (nikox guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;  

- Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo'riqnoma asosida)  – 15%;

- "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo'lovchilarga - 10%.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi  1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 "O'ztemiryo'lyo'lovchi" АJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI