Metropoliten yo’lovchilari diqqatiga!


Yo’qilg’i-moylash maxsulotlari, elektr energiyasi va ehtiyot qismlar uchun sarf-xarajatlarning oshganligi munosabati bilan 2019 yil 15-avgustdan boshlab Toshkent shahar jamoat transporti, shu jumladan metropolitenda yo‘l haqi 1400 so‘mni tashkil etadi. Oylik yo‘l kartochkalari narxi o’zgarishsiz qoladi.

Eslatib o’tamiz, Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligi avtobus va metroda yo‘lkira haqini 16,7 foizga oshirish hamda uni har bir safar uchun 1400 so‘m miqdorida belgilash haqida taklif kiritgan. 

Ish haqining oshishi va yoqilg‘i hamda ehtiyot qismlari narxlarining ko‘tarilishi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va shahar transportida yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ma’lumotlarning tahlili natijasida Moliya vazirligi taklif etilgan tariflarni tasdiqladi.

"Toshkent metropoliteni" UK

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI