G'alla-2019: Munosiblar taqdirlandi
Joriy yilda mamlakatimizda g'alla o'rim-yig'im mavsumi uyushqoqlik bilan olib borildi. Buning natijasida Respublika g'alla topshirish rejasini ortig'i bilan bajardi.
Mavsumda mirishkorlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yig'ishtirib olish uchun yuzlab transport otryadlari tashkil etilgan edi. Mazkur
jarayonda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ ishchi-xizmatchilari ham faol ishtirok etib o'z xissasini qo'shdi. Bugun mamlakat bo'ylab keng miqyosda olib borilgan “G'alla – 2019” mavsumida jonbozlik ko'rsatgan bir guruh temiryo'lchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Unda boshqaruv raisi Xusnitdin Xasilov ishtirok etdi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI