Xalqaro yo‘nalishdagi chipta narxi bo’yicha bayonot

Xalq so‘zi gazetasining 9-iyul sonida chop etilgan “Sog'lom raqobatga nima to‘sqinlik qilayapti” degan sarlavhali maqolasiga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ munosabati.
Maqolada keltirilgan blogger fikrlariga quyidagicha izoh keltiramiz:


“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qo‘layliklar yaratish maqsadida qabul qilingan konsepsiyasiga  muvofiq, vagonlarni yangilash, yangi zamonaviy vokzallar qurib, foydalanishga topshirilishi, axborot texnologiyalarning va innovatsion g'oyalarning tadbiq etilishi, yangi yo‘nalishlarning ochilishi va yo‘lovchi poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda zamonaviy axborot texnologiyalarni tadbiq etish maqsadida takomillashtirilgan chiptalarni elektron tarzda sotib olish tizimi  joriy yilning sentyabr oyida ishga tushiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ  va Germaniya  davlatining  “Deutsche Bahn” kompaniyasi bilan yo‘lovchi tashishda Germaniya tajribasidan foydalangan holda jamiyatning boshqaruv tizimini takomillashtirish, logistika sohasini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish borasida hamkorlik ishlari olib borilmoqda.  2018 yil 22 mln. yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, 2019 yilning o‘tgan 6 oyi davomida  12 mln.dan nafardan oshiq yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazib qo‘yildi. Hozirgi kunda barcha xalqaro poyezdlarga 55 foizgacha chegirmalar taqdim etilgan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, xalqaro yo‘lovchi tashish kelishuviga asosan, xalqaro yo‘lovchi poyezdlarning chipta narxlarini o‘rnatish poyezd qaysi davlatga tegishli ekanligiga qarab shu davlatning temir yo‘l ma'muriyati tomonidan belgilanadi.   

Mahalliy yo‘nalishlarda harakatlanadigan poyezdlar chipta narxlarini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda  o‘rnatiladi.  

“Olmaota-Toshkent” xalqaro yo‘lovchi poyezdining O‘zbekiston hududidagi o‘rnatilgan chipta narxlari Qozog'iston Respublikasi tomonidan belgilanadi va nazorat olib boriladi. Ushbu poyezdning chipta narxlari haqidagi e'tirozlar yuzasidan qo‘shni Qozog'iston temir yo‘llari bilan muzokaralar boshlangan va yaqin kunlarda masala o‘z yechimini topadi. Temir yo‘l chiptaxonalarida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari ustidan nazorat o‘rnatish va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan maxsus komissiya mavjud bo‘lib, ushbu komissiya tomonidan tegishli ishlar olib borilib, natijalari bo‘yicha kamchiliklar doimiy asosda o‘rganilib tegishli choralar ko‘rilmoqda.       

 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ



0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI