Yangi yo'nalish: Toshkent – Angren – Toshkent

Joriy yilning 12 iyunidan boshlab «O'zbekiston temir yo'llari» AJ tomonidan Toshkent – Angren – Тoshkent yo'nalishida shaharlararo elektropoyezdi yo'lga qo'yildi.

Poyezdlar harakati jadvaliga asosan mazkur poyezd har kuni «Toshkent-Janubiy» temir yo'l vokzalidan soat 18:30da va «Angren» temir yo'l vokzalidan 07:09da jo'naydi. 

Poyezdning yo'ldagi harakatlanish vaqti 2 soat bo'lib, «To'ytepa», «Ozodlik», «Ohangaron» hamda «Ablik» bekatlarida to'xtab o'tadi. Yo'l kira narxi – 5.000 so'm. 

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahridagi  1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI