Issiq-ko'l (Baliqchi)ga mavsumiy yo’nalishlari haqida

Joriy yilning 6 iyun kunidan boshlab mavsumiy Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiq-ko'l) yo'nalishida xalqaro yo'lovchi poyezdlar qatnovi yo'lga qo'yiladi. 

O'zbekiston va Qirg'iziston davlatlari o'rtasida sayyohlikni  rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan poyezd haftaning har payshanba kuni Toshkent-Markaziy vokzalidan kechki soat 20:50 da yo'lga chiqib, Qozog'iston hududi orqali harakatlanadi va juma kuni kechki 20:29 Baliqchi vokzaliga yetib boradi. Issiq-ko'ldan shanba kuni soat 01:59 harakatlangan poyezd Toshkent shahriga yakshanba kuni soat 05:00 da yetib keladi. 

Xalqaro qatnov O'zbekistonning “Salar”, “Chuqursoy”, “Keles”, Qozog'istonning “Sariag'ach”, “Aris-1”, “Chimkent”, “Mankent”, “Tyulkubas”, “Abail”, “Burnoe”, “Jambul”, “Lugovaya” hamda Qirg'izistonning “Merke”, “Chalvador”, “Qaindi”, “Qorabolta”, “Belovodsk”, “To'qmoq” stansiyalari, Bishkek-2 va Baliqchi vokzali orqali amalga oshiriladi. 

Ta’kidlash joiz, Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiq-ko'l) yo'nalishida xalqaro yo'lovchi poyezdida yo'lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vagonlar shinam va yorug', sovutish tizimlari bilan jihozlangan. Restoran vagonda sayyohlar va yo'lovchilar uchun salqin ichimliklar mavjud bo’lib, tansiq taomlar ham tayyorlanadi.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi  1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI