Hamkorlik: Yangi imkoniyatlar va istiqbollar

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi shu kunlarda Qozog'istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tayotgan Birinchi "Caspian Ports and Shipping 2019" ko‘rgazma va konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda transport va logistika sohalarida jahon darajasidagi mutaxassis va ekspertlar ishtirok etmoqda. Asosiy e’tibor Kaspiy mintaqasi infrastrukturasini qamrab oluvchi global va mintaqaviy savdoni rivojlantirishning dolzarb muammolariga qaratildi.

Muzokaralarda 300 dan ortiq temir yo'l, dengiz, transport va logistika kompaniya vakillari, mintaqaning yetakchi yuk jo‘natuvchilari va boshqalar  sohaning hozirgi holati borasida fikr yuritishmoqda. 

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston va Qozog'iston o‘zaro ishonch va yaxshi qo'shnichilik tamoyillariga asoslangan ko‘p yillik hamkorlik tajribasiga ega. Buning mantiqiy tasdig'i, 2019 yili O‘zbekistonda Qozog'iston yili deb e'lon qilinishi bo‘lib, bu o'zaro madaniy, gumanitar va savdo aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, yildan-yilga temir yo‘l transportini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik mustahkamlanib, ikki mamlakat o‘rtasidagi transport hajmi o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda.

Yuk oqimlarining o'sishi, mintaqa davlatlari iqtisodiyotining jadal rivojlanishi, ishlab chiqarishni ko‘paytirish va transport tarkibida o‘zgarishlar bilan birga, yuk tashish bozorining rivojlanish tendensiyalariga mos yangi yo‘nalishlarni yaratishni talab etiladi. So'nggi yillarda dunyoda konteynerda yuk tashishlarga talab tobora oshib bormoqda. Xususan, bugungi kunda global yuk tashishlarda konteyner oqimlarining ulushi taxminan 60% ni tashkil etmoqda. Ushbu ulush o‘sishi davom etishi kutilmoqda, chunki konteynerda yuk tashishlarda yil sayin o’sishi kuzatilyapti. Ekspertlarning fikricha, 2019 yilda ushbu o‘sish 4-5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Temir yo'l transporti yuklarni konteynerlarda tashish uchun salmoqli salohiyatga ega. Yevroosiyo davlatlari temir yo‘llarining rivojlanish bugungi holati Yevropa – Osiyo – Yevropa yo‘nalishida temir yo‘l transportida dengiz transportidan konteyner oqimining taxminan 5 foizini yo’naltirilishiga imkon beradi.

O‘zbekiston temir yo‘llarida konteynerlar orqali yuklarni tashish faol ravishda tashkil etilmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning  “O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ – mamlakatimizning barcha hududlarida yuk avtoulovlari va ishlab chiqarish maydonchalari texnik jihatdan ta’minlangan yo’nalishi sifatida faoliyat olib bormoqda. O‘zbekistondagi temir yo‘llari ishtirokida konteyner tashish hajmining sezilarli darajada o‘sib borayotgani quvonarlidir. Jumladan, 2018 yil sarhisobi bo’yicha ushbu yo’nalishda 35 foizga oshdi.

2018 yil oktyabr oyida Toshkent – Pop – Marg'ilon – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi konteyner ekspress-poyezdi yo‘lga qo‘yildi. E’tiborlisi, yangi poyezdning o‘ziga xos jihati, unda 20 va 40 futli hajmdagi konteynerlarda yuklarni jo‘natish imkoniyati mavjud. Konteyner ekspress-poyezdining asosiy afzalliklaridan yana biri, qat'iy belgilangan tariflar bo‘yicha transport harajatlarining pastligi. Ushbu xizmat orqali tadbirkorlar muntazam ravishda yuklarni qabul qilish va jo‘natish imkoniyatiga ega, buning uchun tegishli stansiyalarga murojaat qilinsa kifoya.

Rivojlanish istiqboliga ega bo‘lgan loyihalardan biri, bu – O‘zbekistonga Aktau va Kuryk portlari orqali kiradigan konteyner poyezdi. Yuqorida ta'kidlanganidek, O‘zbekistonga konteyner oqimi barqaror o‘sish tendensiyasiga ega, bu esa ushbu loyihaning ahamiyatini oshiradi. Mazkur portlar imkoniyat va infratuzilmasidan foydalanish orqali Yevropa, Qozog'iston va boshqa mamlakatlardan O‘zbekistonga hamda mamalakatimizdan boshqa hududlariga yuklarni tez va samarali tarzda yetkazishga imkon beradi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI